go back
2011 
Özsanoatqurilişbank tizimida tadbirkorlarning xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga çiqişi hamda faoliyatini kengaytirişiga kömaklaşuvçi yangi tuzilma – Investitsion banking markazi faoliyat boşladi.
Prezidentimizning joriy yil 20-dekabrda mamlakatimizdagi faol tadbirkorlar bilan uçraşuvida sohani qöllab-quvvatlaş böyiça yil yakunlari va 2025-yilga möljallangan rejalar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari endi tadbirkorlar bank krediti bilan çeklanib qolmasdan, xalqaro standartlarga moslaşib, çetdan mustaqil mablagʻ olib kelişi lozimligini taʼkidladi.
Özsanoatqurilişbankning Investitsion banking markazi tadbirkorlarning aynan xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga çiqib, global moliya tizimlariga integratsiyalaşuviga yaqindan yordam beradi.
Bu borada Bank tomonidan quyidagi xizmatlar körsatiladi:
• Tadbirkorlarni fond bozorlari talablariga, xususan, xalqaro standartlar böyiça hisobot tayyorlaşga, kredit va ESG reytingini olişga va Due diligence’dan ötişiga kömaklaşiş;
• mahalliy va xalqaro fond bozorlarida IPO/SPO hamda obligatsiyalar (jumladan, yevrobondlar) çiqariş böyiça konsalting xizmatlarini körsatiş, uşbu amaliyotlarni birgalikda amalga oşiriş;
• obligatsiyalar va aksiyalarni xalqaro hamda mahalliy kapital bozorlarida çiqariş, şuningdek anderrayter, taşkilotçi, bukranner va broker sifatida boşqariş;
• “yaşil” moliyalaştiriş va ESG taşabbuslari doirasida barqaror moliyaviy yeçimlarni taqdim etiş;
• xorijdan töğridan töğri kredit (qarz) olişda vakolatli yetakçi taşkilotçi yoki agent sifatida faoliyat yuritiş;
• loyihalar doirasida mahalliy xizmat körsatuvçi bank sifatida işlaş, töğridan töğri va sindikatlangan moliyalaştiriş jarayonlarida agent sifatida xizmat körsatiş;
• kreditorlar agenti yoki kreditorlararo agent sifatida xizmat körsatiş;
• ta’minot agenti yoki işonçli boşqaruvçi sifatida xizmat körsatiş;
• risklarni boşqariş böyiça kompleks yeçimlar, jumladan, SWAP, REPO va xedjirlaş xizmatlarini körsatiş.
Qayd etiş joiz, Özsanoatqurilişbank Özbekistondagi yirik moliyaviy institutlardan biri bölib, uning bugungi kunda jami aktivlari 77 trillion sömni taşkil etadi.
“Fitch Ratings” va “S&P Global” xalqaro reyting agentliklari köp yildan buyon bank reytingini BB-, istiqboli “barqaror”, deya tasdiqlab kelmoqda. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ham muassasa 2025 yil uçun tizimli ahamiyatga ega banklar qatoriga kiritildi.
Bundan taşqari, bank mahalliy korporativ emitentlar orasida birinçilardan bölib 2019-yilda öz yevrobondlarini xalqaro fond bozorida muvaffaqiyatli joylaştirgan.
Şu bilan birga, London fond birjasida ham bankning “yaşil” hamda barqaror rivojlaniş dasturlari böyiça çiqargan xalqaro obligatsiyalari salohiyatli investorlarga sotilgan.
Investitsion banking markazi bankning uşbu yönalişda töplagan tajribalari asosida faoliyat yuritib, mahalliy va xorijiy investorlar uçun keng imkoniyatlar yaratadi.

