go back
2152 
Özsanoatqurilişbank va Qozoğistonning “Red Team Accelerator” kompaniyasi örtasida özaro hamkorlik töğrisida anglaşuv memorandumi imzolandi.
Ma’lumki, 2024-yil 16-dekabr kuni Prezidentimiz raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida davlat banklariga mahallalardagi startap loyihalarini rağbatlantiriş maqsadida vençur kompaniyalar tuziş, şu bilan birga, har bir bank xususiy şerik topib, startaplarni biznesga aylantiriş uçun akseleratorlar faoliyatini yölga qöyiş vazifasi belgilangan edi.
Uşbu topşiriqlar ijrosi doirasida Özsanoatqurilişbank qoşida vençur moliyalaştiriş xizmatlarini körsatuvçi “SQB Ventures” kompaniyasi taşkil etildi. Kompaniya tomonidan startap loyihalarni moliyalaştiriş va innovasion ğoyalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan tizimli işlar yölga qöyilmoqda.
Xususan, mahallalarda yoşlar va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar ötkazilib, ularning ğoyalarini loyihalarga aylantiriş, noyob takliflarga ega loyiha taşabbuskorlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi. Özsanoatqurilişbank Boş ofisida “Red Team Accelerator” kompaniyasi vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvda vençur investitsiyalar va akseleratsiya sohasidagi tajriba va amaliyotlar böyiça fikr almaşilib, mamlakatimiz şaroitida vençur moliyalaştirişni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Bu borada xalqaro va mintaqaviy tajribalarga asoslangan yeçimlar taklif etildi. Muzokaralar yakunida özaro hamkorlik töğrisida anglaşuv memorandumi imzolandi.
– “Red Team Accelerator” 1000dan ortiq startaplar, şu jumladan, Özbekistonda ham qator startaplar bilan işlagan yuqori malakali va katta tajribaga ega kompaniyadir, – deydi “Özsanoatqurilişbank” ATBning Investision banking departamenti direktori Nurbek Xusanov. – Memorandumda bank tizimida startap loyihalar ekotizimi va vençur moliyalaştiriş, ilk loyihalarni hamkorlikda amalga oşiriş, natijada mamlakatimizda mazkur sohani rivojlantirişga hissa qöşiş uçun asos bölib xizmat qiladigan biznes-modellarni işlab çiqiş maqsadi ilgari surilgan. Hamkorlikdagi işlarda dastavval bank top-menejerlarini akseleratsiya va vençur moliyalaştiriş yönalişida öqitiş nazarda tutilgan.
Ma’lumot uçun: “Red Team Accelerator” – bu Markaziy Osiyoda innovatsiyalar va texnologik tadbirkorlar bilan işlaydigan kompaniya. U startaplar uçun biznesni rivojlantiriş dasturlarini ötkazadi, yirik kompaniya va korporatsiyalar uçun korporativ mahsulot studiyalarini hamda hududiy startap ekotizimi darajasida akseleratsiya dasturlarini taklif etadi.
Bank axborot xizmati

