Joriy yilning 31-avgust kuni ijtimoiy tarmoqda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Farg‘ona mintaqaviy Bank xizmatlari ofisi mijozi – “Ex-im-port-service” MCHJ rahbari tomonidan bankdan olgan krediti to‘lovining muddatini uzaytirish hamda sud qarori bilan kredit qarzdorligi tufayli ta’qiq qo‘yilgan avtotransport vositalarini ta’qiqdan chiqarish bo‘yicha murojaati e’lon qilindi.
Holat bank mas’ullari tomonidan o‘rganilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi:
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Farg‘ona mintaqaviy Bank xizmatlari ofisi tomonidan “Ex-im-port-service” MCHJga bir necha marta kreditlar ajratilgan.
Bank tomonidan korxonaning biznes reja ko‘rsatkichlari bajarilmaganligi, kredit to‘lovlari jadvallari bo‘yicha to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi bois kredit qarzdorligini undirish yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.
Sudlarning qarorlariga asosan kredit va unga hisoblangan foizlarni undirish, undiruvni garov mulklariga qaratish belgilangan.
Olib borilgan ijro jarayonlari davomida garov mulklari Majburiy ijro byurosi tomonidan xatlanib, auksion savdolariga chiqarilgan.
O‘zsanoatqurilishbankda “Milliy liboslar kuni” nafaqat an’ana, balki korporativ madaniyatning muhim qismiga aylan ...
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...
SQBning Qoraqalpog‘istondagi mahalla bankirlari va yordamchi-agentlari ko‘magida tikuvchilik, bedanachilik, metallga ish ...

