All Credits
Joriy yilning 5-7-noyabr kunlari O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Prezidentimizning shu yil 5 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tegishli idoralar, tashkilotlar va bank xodimlari, mijozlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
2024-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ushbu Qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tashkilotlarida joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish va shu orqali mazkur huquqiy hujjatni amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko‘rish vazifalari belgilandi.
“Ochiq eshiklar kuni”da “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Unda davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga o‘rnatilgan ta’qiq va cheklovlar, ularni buzganlik uchun qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlik choralari bo‘yicha ma’lumot berildi.
Bank tizimidagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga oid chora-tadbirlar manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarning har qanday ko‘rinishiga qat’iy chek qo‘yishda muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.
– Bank xodimlari va mijozlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ayniqsa, yoshlarni salbiy illatlar ta’siriga tushib qolishidan himoyalash maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinadi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sanjar Abduvaliyev. – Bu ular ongiga shaxsiy manfaatlar hamda bank manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini singdirishga, natijada ushbu sa’y-harakatlar tizimda yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qiladi.
“Ochiq eshiklar kuni”da joriy yilda bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar bo‘yicha ham axborot berildi.
Qayd etilganidek, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida 146 nafar xodim xalqaro ISO 37001:2016 standart talablari bo‘yicha o‘qitilib, tizim ichki auditorlari sertifikatiga ega bo‘lgan. 2 mingdan ziyod xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilim va ko‘nikmalari oshirilgan. 3700dan ortiq xodimlardan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida deklaratsiyalar yig‘ib olingan. 83 nafar rahbar xodim o‘rtasida ushbu yo‘nalishda test sinovlari o‘tkazilgan.
Pirovardida, joriy yilda bankning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati reyting natijalariga ko‘ra, “yaxshi” toifadagi tashkilot sifatida baholandi. Tashqi kuzatuv audit tekshiruvida bank faoliyatining ikkinchi bor xalqaro standartlarga mosligi tasdiqlandi.
Tadbirda ishtirokchilar “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirganidan keyingi davrda bank tizimida ijro intizomiga kiritiladigan talab va mexanizmlar bilan tanishtirildi.
Bunday tadbirlar bankning hududiy tarmoqlarida ham davom ettirildi.
Ma’lumot uchun, Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya holatlari haqida xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallari barqaror ishlamoqda. Asosiysi, har bir murojaat maxfiyligi kafolatlanadi.
Agar siz bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsangiz, shuningdek korrupsiyaga sabab boʻluvchi holatlar va shartlar haqida ogohlantirmoqchi boʻlsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat yoʻllashingiz mumkin:
Ishonch telefoni: 0-800-120-8888;
Telegram bot: @sqbantikor_bot
Bank Axborot xizmati
OʻzbekistonvaTurkiyaoʻrtasidagiiqtisodiyhamkorliktoboramustahkamlanib, qurilishmateriallarisanoatidagialoqalary ...
O‘zsanoatqurilishbank jamoasi Navro‘z ayyomi va “Milliy liboslar kuni”ni an’analarga mos tarzda ko‘tarinki ruhda ...
Nukus tumanida qurilish materiali ishlab chiqaruvchi “Samanbay prom stroy” korxon ...