
Nyu York shahrida O‘zsanoatqurilishbank va “Citibank” o‘rtasida qiymati 150 mln. AQSh dollariga teng hamkorlik bitimi imzolandi.
Kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 20-24-sentyabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifi doirasida amalga oshirildi. Mazkur hujjat ikki davlat rahbarlarining O‘zbekiston va AQSh o’rtasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan salmoqli loyihalar portfelini shakllantirishga qaratilgan siyosati natijasi.
Bitimga ko‘ra, tomonlar qarz qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqish, savdoni moliyalashtirish hamda korrespondentlik aloqalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, xodimlar malakasini oshirish va energiya tejamkor loyihalarni tadbiq etish masalalari ham qamrab olingan.
Ma’lumot uchun, “Citibank” “Citigroup” moliyaviy konglomerati tarkibiga kiradi hamda bank, investitsiya va moliya xizmatlari sohasida dunyoda yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. “Citigroup”ning bozor kapitallashuvi 100 mlrd dollardan ortiq, boshqaruvidagi aktivlari esa 2,3 trln dollardan ziyodni tashkil etadi.
O‘zsanoatqurilishbankda “Milliy liboslar kuni” nafaqat an’ana, balki korporativ madaniyatning muhim qismiga aylan ...
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqal ...
SQBning Qoraqalpog‘istondagi mahalla bankirlari va yordamchi-agentlari ko‘magida tikuvchilik, bedanachilik, metallga ish ...

