1180
Support
26.06.2025 18:58

ESG talablari amalda: SQB issiqxona gazlari böyiça inventarizatsiya ötkazdi

default_investment_img

Özsanoatqurilişbank (SQB) öz faoliyatidan kelib çiqadigan issiqxona gazlari miqdorini aniqlaş (inventarizatsiya qiliş) işlarini olib bordi. Bu jarayon bankning barqaror rivojlaniş va ekologik mas’uliyatiga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi.

Bugungi kunda global iqlim özgarişi insoniyat oldida turgan eng dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Uning inson hayoti, salomatligi va iqtisodiy faoliyatga ta’siri jahon miqyosida jiddiy muhokama qilinmoqda. Şu bois har bir taşkilotdan ekologik xavf-xatarlarni baholaş, ularni kamaytiriş böyiça aniq va amaliy çoralar talab etilmoqda.

SQB tomonidan amalga oşirilgan inventarizatsiya xalqaro e’tirof etilgan GHG Protocol va IPCC metodologiyalari asosida malakali mutaxassislar iştirokida ötkazildi. Bu jarayonda bank faoliyati bilan boğliq barça, jumladan, qozonxonalar va generatorlar, xizmat maşinalari, sovitiş tizimlari, elektr energiyasi iste’moli kabi asosiy manbalar hisobga olindi.

Natijalarga köra, bankning issiqxona gazlari çiqindilari quyidagiça şakllandi:

Scope 1 (töğridan töğri çiqindilar): 1 981.9 tonna CO₂ ekvivalentida;

Scope 2 (bilvosita çiqindilar, lekin nazorat qilinadigan): 4 654.5 tonna CO₂ ekvivalentida.

Ötkazilgan tahlillar bank uçun faqat hisobot vazifasini ötamay, balki qator amaliy va strategik afzalliklar ham yaratadi. Xususan, tizimda energiya samaradorligini oşiriş imkonini beradi, “yaşil” moliyaviy mahsulotlarni rivojlantiradi, investorlar hamda reyting agentliklari oldidagi işonçni yanada mustahkamlaydi, xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va boşqariş hamda qonunçilik talablariga samarali moslaşişni ta’minlaydi.

2019-2030-yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasining “yaşil” iqtisodiyotga ötiş strategiyasi doirasida Özsanoatqurilişbank nafaqat xalqaro talablarga mos ravişda hisobot yuritmoqda, balki ekologik xavf-xatarlarni kamaytiriş, energiya samaradorligini oşiriş, uglerod izini qisqartiriş kabi yönalişlarda izçil sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqda. Bu borada bank tizimida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda ESG strategiyasi, ekologik siyosat, suvni tejaş va çiqindilarni boşqariş tartiblari işlab çiqilgan.

Aytiş joiz, SQB'ning uşbu yönalişdagi barça sa’y-harakatlari ekologiyani muhofaza qiliş bilan birga, jamiyatdagi ijtimoiy mas’uliyatni oşiriş, barqaror iqtisodiy ösişni ta’minlaş hamda xalqaro moliya hamjamiyatida raqobatbardoş bölişga xizmat qilmoqda.

Bank axborot xizmati

Latest News

View all news >