1180
Support
15.04.2025 14:28

“Yaşil iqtisodiyot”ga ötiş: barqaror rivojlanişning innovasion yondashuvlari muhokama qilindi

news img

Joriy yilning 15-aprel kuni Özsanoatqurilişbank tomonidan Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti bilan hamkorlikda “Yaşil iqtisodiyotga ötiş: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman taşkil etildi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz taşabbusi bilan 2025-yil – “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot”yili deb e’lon qilindi. Bu borada işlab çiqilgan davlat dasturida global ekologik muammolarni hal qilişda ilm-fan va iqtisodiyot tarmoqlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, xalqaro tajribani örganiş va innovasion yondashuvlarni joriy etiş vazifalari belgilandi.

Anjumanda mahalliy ta’lim va moliya muassasalari bilan bir qatorda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YETTB), Fransiya Taraqqiyot agentligi, Yaşil ösiş böyiça global institut (GGGI), şuningdek “Fitch Ratings”, “PricewaterhouseCoopers”, “BUREAU VERITAS” kabi nufuzli xalqaro taşkilotlardan yetakçi mutaxassislar, şuningdek, tadqiqotçi-olimlar, professor-öqituvçilar hamda işbilarmon doira vakillari iştirok etdi.

262A6444.JPG

Tadbir davomida “yaşil” iqtisodiyotdagi sönggi tendensiyalar, ESG tamoyillari, qayta tiklanuvçi energiya, iqlim özgarişiga moslaşiş va uni yumşatiş böyiça çoralar, şuningdek “yaşil” moliyalaştiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Milliy “yaşil” tasnifni şakllantiriş va xalqaro sertifikatlaş standartlarini joriy etiş orqali barqaror rivojlanişga olib keladigan mexanizmlar körib çiqildi.

Özsanoatqurilişbank “yaşil iqtisodiyot”ga ötişni strategik yönaliş sifatida tanlagan. Bank Boşqaruvi raisi örinbosari Şuhrat Yakubov ta’kidlaganidek, yuzlab “yaşil” loyihalar moliyalaştirilgan, xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda “yaşil” kredit liniyalari jalb etilgan, ESG standartlari joriy qilingan. Qolaversa, bank ekologik va ijtimoiy yönalişdagi taşabbuslarda muntazam iştirok etib kelmoqda.

– Joriy yil boşida “Sustainable Fitch” xalqaro agentligi tomonidan Özsanoatqurilişbankka umumiy 59 ball bilan “3” darajali ESG reytingi berildi, – dedi Şuhrat Yakubov. – Şuningdek, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki tomonidan bankning “yaşil” savdoni moliyalaştirişdagi hissasi bir neça bor e’tirof etildi.

262A6408.JPG

Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti rektori Ilhom Mamatqulov ta’lim sohasining uşbu jarayondagi örniga alohida urğu berdi:

– Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasi faqat kadrlar tayyorlaş maskani emas, balki kelajak yetakçilarini şakllantiruvçi, ekologik va texnologik xatarlarga javob bera oladigan transformatsiya markazi bölib xizmat qilmoqda, – dedi u.

Anjuman çoğida ilğor moliyaviy vositalar, banklarning barqaror ösişga qöşayotgan hissasi haqida ham ma’ruzalar tinglandi. Oçiq muloqotlar, tajriba almaşinuv va yangi xalqaro hamkorliklarning asosi qöyildi.

  262A6511.JPG


#birdamjamiyat
#tabiatniasra

Latest News

View all news >