RU
Qo‘llab quvatlash
Kredit rasmiylashtirish

BIZNES IPOTEKA krediti

Birlamchi va ikkilamchi bozorlarda noturar joy sotib olish uchun
main_imgmain_img
84 oygacha
Kredit muddati
12 oygacha
Imtiyozli davr
Yillik 26% dan boshlab
Foiz stavkasi
2 mln USD ekvivalentigacha
Kredit miqdori
Mos keluvchi shartlarni tanlang:
Kredit parametrlari
Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun berilgan. Umumiy summa individual ravishda hisoblanadi.
To‘lov turini tanlang
Kredit hisoblash
Oylik to‘lov
76 424,11
 so‘m
Foiz stavkasi
26
%
Kredit miqdori
800 000
 so‘m
Kredit muddati
12
 oy
Rasmiylashtirish

Kreditni qanday olish mumkin?

1
img
2
img
3
img
img

Ariza bering

Saytda ariza to‘ldiring, telefon orqali maslahat oling yoki bank ofisiga tashrif buyuring.

img

Dastlabki qarorni oling

Bank arizangizni ko‘rib chiqadi va natijani 2 daqiqa ichida ma’lum qiladi.

img

Bank xizmat ofisiga tashrif buyuring

Bankka zarur hujjatlarni taqdim eting, kredit shartnomasini imzolang!

Foydali ma’lumot

  • Kredit shartlari
  • Kredit oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Kredit maqsadi
birlamchi hamda ikkilamchi bozordan noturar bino-inshootlarni sotib olish maqsadida.
Kredit muddati
84 oygacha
Valyuta
milliy valyuta (so'm)
Miqdori
Yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik subyektlari uchun: Anderrayter limiti miqdorigacha.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaganlar uchun:
- Toshkent shahar hududida joylashgan obyektlar — $200,000 gacha.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar uchun — $100,000 gacha.
Boshlang’ich to’lov
Noturar bino-inshootlarning 20%dan kam bo‘lmagan miqdorda
Foiz stavkasi
Bank o‘z mablag‘lari hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo‘yicha foiz stavkalariga +1,5% qo‘shilgan miqdordan kam bo‘lmagan miqdorda.

Normativ huquqiy hujjatlarda maqsadli resurslar doirasida foiz stavkasi va bank marjasi aniq belgilangan bo‘lsa, ushbu foiz stavkasida qo‘llaniladi.
Mahsulot bo‘yicha ta’minot
Kredit ta’minoti sifatida kredit hisobiga sotib olinayotgan bino-inshoot garovga olinadi.
Garov ta’minoti umumiy hisobda kredit summasining 125% (Aloqador shaxslar uchun 130%) qismidan kam miqdorni tashkil etgan hollarda, ta’minotning 125% (Aloqador shaxslar uchun 130%)iga yetmagan qismi uchun mulkiy ta’minotlar taqdim etilishi lozim
Nomulkiy garov turlari va shartlari:
  • Ko‘chmas mulk – bank talablariga muvofiq
  • Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan (ishlab chiqarilgan yil birinchi yil hisoblanadi)
  • Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (ishlab chiqarilgan yil birinchi yil hisoblanadi)
  • Uskunalar – ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan (ishlab chiqarilgan yil birinchi yil hisoblanadi)
  • Pul mablag‘lari – kredit valyutasi bilan bir xil valyutada bo‘lishi lozim
  • Garovga qabul qilinmaydigan ko‘chmas mulk va mol-mulklar:
  • Parrandachilik fabrikalari va issiqxonalar
  • Bekatlardagi va bozor hududidagi yengil konstruksiyali savdo do‘konlari
  • Molxona binolari va bog‘lar
  • Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasi (agar birinchi qavat bilan bog‘liq bo‘lmasa)
  • Auksion orqali sotib olingan ko‘chmas mulk
  • Fayllar
    doc
    Kredit bo‘yicha shartnoma
    Yuklab olish
    Kredit oluvchilar uchun muhim
    1. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi (Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat № Ko‘rsatkich Qiymati / tavsifi talablar yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
    2. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi (Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
    3. Qarz oluvchi kredit yuklamasi 150%dan oshiq bo‘lmasligi; Agarda qarz oluvchi kredit yuklamasi 150%dan yuqori bo‘lsa, kredit ta’minoti sifatida yuridik shaxs kafilligi olinadi. Ushbu holatda kafil korxonaga qo‘yiladigan talablar:- Kafil korxonalar soni 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi;- Qarz oluvchi va kafil korxona(lar)ning birgalikdagi kredit yuklamasi 150%dan oshmasligi;- Kafillik summasi so‘ralayotgan kreditning 125%dan kam bo‘lmasligi (agarda kafillar soni 2 ta bo‘lsa, har bir kafil korxona kredit summasining 125%ga kafillik taqdim etiladi);
    4. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
    5. O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
    6. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi (mazkur ma’lumot kredit olish uchun ariza taqdim etilgan sanadan boshlab 30 kun davomida amal qiladi);
    7. KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining bank tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
    8. Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:
    9. 30+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 15 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
    10. 60+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklar 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
    11. 90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
    12. Oxirgi 12 oy ichida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida to‘lov jadvaliga asosan belgilangan to‘lovlar oydan oyga o‘tish holatlari (bunda, to‘lov jadvaliga asosan bir oylik asosiy qarz va foiz to‘lovlari birgalikda 1 marta deb hisoblanadi) 3 martadan ko‘p bo‘lmasligi;
    13. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy qarzdorlik va hisoblangan foiz qarzdorligi bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish (o’zgartirish) holatlari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
    15. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan kollegial organ tomonidan belgilangan № Ko‘rsatkich Qiymati / tavsifi shartlarini bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi;
    16. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim (biznes menjer tomonidan maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv kredit monitoring xizmatining maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomasiga asosan amalga oshirilib xulosasida aks ettiriladi. Bunda, kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati yetib kelmagan, qarz oluvchi yetkazib beruvchini xizmat/mahsulot yetkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi);
    17. Qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;
    18. Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlar ham) iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so‘rovnomani rad etish huquqiga ega (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);
    Kerakli hujjatlar:
    1. ariza
    2. qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
    3. yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi;
    4. qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno).
    5. oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti taqdim etilishi mumkin;
    6. boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi, kredit va kartoteka-2 qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot;
    7. sotib olinishi rejalashtirilgan obyektning dastlabki oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;
    8. kredit mablag’lari hisobidan sotib olinishi rejalashtirilgan obyekt kadastr hujjati (ko’chirma va kadastr pasportidan tashqari zarurat tug’ilganda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin);
    9. kredit mablag’lari hisobidan sotib olinishi rejalashtirilgan obyekt bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
    10. kredit mablag’larini ajratish uchun kredit mahsulotiga ilova tariqasida ko’rsatilgan shartlar asosida biznes reja/TIA;
    11. loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo’shimcha hujjatlar taqdim etilishi mumkin.