Все Кредиты
Hurmatli mijozlar!
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 366-moddasi ikkinchi bandida “O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar uchun – ushbu bo’limda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qo’llanmagan holdagi jami daromadlar” soliq solish bazasi sifatida qaralishi belgilangan.
Shuningdek, Kodeksning 382-moddasida O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslarning foizli daromadlari uchun soliq stavkasi 10 foiz qilib belgilangan.
Shu sababli bankimizda O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar tomonidan joylashtirilgan jamg’arma va muddatli omonatlardan olinadigan foizli daromadlaridan soliq ushlab qolib soliq idoralariga to’lovlarni amalga oshirib borilishini maʼlum qilamiz.