E'lonlar

Bankning Yunusobod filialining faoliyatini tugatish bo‘yicha e'lon


08.10.2021

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kengashining 2021 yil 25 iyundagi 2021/10-sonli qarori bilan Bankning Yunusobod filialini tugatish va ushbu manzilda Bosh bank qoshidagi Amaliyot boshqarmasining Bank xizmatlari markazini tashkil etilishiga rozilik berilgan. Shu munosabat bilan Bankning Yunusobod filiali tugatilishini, filialning aktivlari, majburiyatlari va balansdan tashqari hisobvaraqalari Bosh bank qoshidagi Amaliyot boshqarmasiga yoki mijozga qulay bo‘lgan boshqa filialga o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.
Yunusobod filialining barcha mijozlari, tashkilot va idoralari tugatiladigan filial bilan bog‘liq bo‘lgan bank xizmatlari va boshqa munosabatlarini davom ettirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi Yunusobod filialiga murojaat qilishlari yoki quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘rab qolamiz:

+99871-221-01-00, +99897 734-91-99






Дата последнего обновления: 08.10.2021 16:21  
up