E'lonlar

Diqqat, Yunusobod filialining barcha mijozlariga!


19.08.2022

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvining 2021 yil 11 oktyabrdagi 125/2-sonli qaroriga asosan Bankda amalga oshirilayotgan transformasiya jarayoni doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Yunusobod filialini “Yagona MFO” texnologiyasi asosida to’liq ishlayotganligi inobatga olib, Amaliyot boshqarmasiga (00440) “Yagona MFO”  o‘tkazilganligini va filial negizida Yunusobod bank xizmatlari markazi tashkil etilganligini ma'lum qilamiz. 
Yunusobod filialining barcha mijozlari, shu jumladan, tashkilot va idoralar filial bilan bog‘liq bo‘lgan bank xizmatlari va boshqa munosabatlarini davom ettirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi Yunusobod bank xizmatlari markaziga  murojaat etishi yoki quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishini so‘rab qolamiz: 
Tel.: +99871-221-01-00, +99894 711-71-81, +99890 931-34-56




Дата последнего обновления: 22.08.2022 18:01  
up