E'lonlar

E’lon


14.06.2022

 “O'zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining 2022 yil 9 iyundagi 70/3-sonli qaroriga asosan Bankda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayoni doirasida mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish maqsadida Toshkent viloyati, Sirdaryo va Jizzax mintaqaviy filiallarini hamda Qibray, Chirchiq, Olmaliq, Angren, Bekobod filiallarini “Yagona MFO” texnologiyasi asosida Amaliyot boshqarmasiga o'tkazilishini va ushbu filiallar negizida mos ravishda “Toshkent viloyati mintaqaviy” bank xizmatlari ofisi, “Sirdaryo mintaqaviy” bank xizmatlari ofisi, “Jizzax mintaqaviy” bank xizmatlari ofisi, “Qibray”, “Chirchiq”, “Olmaliq”, “Angren”, “Bekobod” bank xizmatlar markazlari tashkil etilishini ma'lum qilamiz.
Toshkent viloyati, Sirdaryo va Jizzax mintaqaviy filiallari hamda Qibray, Chirchiq, Olmaliq, Angren, Bekobod filiallarining barcha mijozlari, korxona va tashkilotlar mazkur filiallar bilan bog'liq bo'lgan bank xizmatlari va boshqa munosabatlarni davom ettirish uchun xizmat ko'rsatuvchi tegishli filialga murojaat qilishlari yoki quyidagi raqamlarga qo'ng'iroq qilishlarini so'rab qolamiz:

Aloqa markazi: 1180 yoki  (+99871) 200 – 43 - 43



Дата последнего обновления: 15.12.2020 18:14

Мобильное приложение JOYDA

Совершайте повседневные платежи используя удобное приложение в смартфоне

playmarketappstore

up