Eʼlon!
27.05.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 30-iyundagi “Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisida”gi Nizomi (roʻyxat raqami: 3252)ning 159-bandida bank xizmatlari ofislari va bank (filial) binosidan tashqari tashkil etilgan kassalarning faoliyatini tugatish Bank Boshqaruvi qarori asosida rasmiylashtirilishi belgilangan.
Ushbu hujjatga koʻra, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining joriy yil 18-maydagi 59/3-sonli qarori bilan soʻnggi davrda samarasiz faoliyat yuritayotgan muassasaning Surxondaryo mintaqaviy filiali qoshidagi 4-sonli hamda Toshkent shahri mintaqaviy filialiga qarashli Yunusobod bank xizmatlari markazidagi 1-sonli chakana amaliyotlar kassalari faoliyati tugatilayotganligini maʼlum qilamiz.
1020