E'lonlar

Hurmatli mijozlar!


11.11.2022

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Toshkent shahridagi ayrim Bank xizmatlari markazlari faoliyatini tugatish haqida

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvining 2022-yil 1-noyabrdagi 130/6-sonli qaroriga asosan transformatsiya jarayonlariga muvofiq, bank binosidan tashqarida joylashgan tarmoqlar faoliyati optimallashtirilgan holda, ularning aksariyati tugatilib, boshqa istiqbolli va daromadli tashkilot  qoshiga koʻchirilmoqda. Jumladan:
Yunusobod bank xizmatlari markazi tarkibidagi Yunusobod tumani, Anorzor koʻchasi, 4A-uy manzilidagi “Yunusobod tuman gaz taʼminoti” korxonasi binosidagi 2-sonli CHAK tugatilganligini;
Sirdaryo mintaqaviy bank xizmatlari ofisi tarkibidagi Guliston shahar, Naʼmuna MFY, Birlashgan koʻchasi, 8-uy manzilida joylashgan bank xizmatlari markazi “Birlashgan” bank xizmatlari markazi deb nomlanganligini;
Al-Xorazmiy bank xizmatlari markaziga qarashli Uchtepa tumani, 
1-muyulish (proyezd), Jamshid koʻchasi, 18A-uy manzilidagi “Hududgaz” Uchtepa tumani boʻlimi qoshidagi 1-sonli CHAK tugatilganligini;
Xorazm mintaqaviy bank xizmatlari ofisiga qarashli Urganch shahar, Xalq soʻzi koʻchasi, 114-uy manzilidagi Urganch shahar IIB YXXB binosida joylashagan 1-sonli CHAK Urganch shahar, Sanoatchilar koʻchasi, 201-uy manzilida joylashgan “Bobur Trans Logistik” MCHJga qarashli avtosalon binosiga koʻchirilganligini maʼlum qilamiz.

Aloqa markazi: +99871-200-43-43; 1180




Дата последнего обновления: 11.11.2022 14:11  
up