E'lonlar

SQB binoga xizmat ko`rsatish uchun kompaniya qidirmoqda


26.05.2023

"O`zsanoatqurilishbank" ATB Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko `chasi, LOT-6, "Tashkent City"IBC manzilida joylashgan bank bosh ofisi binosidan foydalanish, texnik xizmat ko`rsatish, infratuzilmani saqlash va boshqarish bo'yicha xizmatlar ko` rsatishga ixtisoslashgan kompaniyalardan tijorat takliflarini qabul qiladi.

Ob`ekt va xizmat ko`rsatish zonalari haqida umumiy ma`lumot:

-Binoning umumiy qavatlari 33 qavat + 2 yer osti qavati;
-Umumiy maydoni ~ 24 000 kv. m bo'lgan 2 -, 1 –qavatlar: to`xtash joyi (456 ta avtomobil o'rniga kamida 22 098 kv. m), xojatxona, texnik va xizmat xonalari, avtomobil yuvish;
yer usti hududi ~ 10 000 kv. m;
-1-qavat: to`rtta kirish joyi, lobbi, bank bo`limi, lift zallari);
-2-qavat: bank xonalari;
-4-11-qavatlar: bank xonalari;
-13-31-qavatlar: ofis maydoni;
-32-qavat: restoran;
-33-qavat: kuzatuv maydonchasi;
-12, 23-qavatlar: texnik qavatlar;
tom.

Kompleks xizmat ko`rsatish majmui quyidagilarni o`z ichiga oladi:

-ishga tushurishdan oldingi ishlar;
-muhandislik tizimlari va uskunalarining texnik ekspluatatsiyasi;
-xonalar va hududlarni kompleks tozalash;
-avtoturargohni tashkil etish;
-texnik audit o`tkazish;
-texnik hujjatlarni yurutish;
-bino infratuzilmasini saqlash va boshqarish;
-operatsion va dispetcherlik xizmati 24/7.

Tijorat taklifini elektron pochta manziliga yuborishingizni so`raymiz: kanc@sqb.uz

Qo`shimcha ma`lumot olish uchun: 78-120-45-00 (vn:1200,1202) telefon orqali murojaat qiling



Дата последнего обновления: 29.05.2023 15:07  
up