Yillik foiz stavkasining pasayganligi va avtokredit shartlaridagi boshqa o'zgarishlar to'g'risida
16.04.2023
Hurmatli mijozlar.
Sizga shuni ma'lum qilamizki, 17-aprel 2023 yildan boshlab rasmiy dilerlar yoki avtomobil ishlab chiqaruvchilardan yangi avtomobil sotib olish uchun yillik kredit foiz stavkasi 20% gacha kamaydi. Maksimal kredit miqdori shartnoma shartlariga muvofiq beriladi (oldi-sotdi shartnomasida ko’rsatilgan summaning 90% miqdorigacha).
Shuningdek, shuni ma'lum qilamizki, avtomobil narxining 40% miqdorida dastlabki badal to’lansa, rasmiy daromad talab qilinmaydi.
«O‘zsanoatqurilishbank» mijozlari uchun avtokredit olishda OSAGO polisi bepul beriladi.
“O‘zsanoatqurilishbank”ning avtokredit bergan mijozlari uchun kredit mablag‘lari hisobidan sug‘urta polisini to‘lab berish imkoniyati mavjud hamda “Mikroqarz” va “Iste’mol krediti”ni 1 % past yillik foiz stavkasi bilan olish imkoniyati yaratildi.
Yangilangan mahsulotning boshqa shartlari bilan
https://sqb.uz sayti yoki +99871 200 43 43 va 1180 telefon raqamlari orqali tanishishingiz mumkin.
448