Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank xotin-qizlarni ruhlantiruvchi va har tomonlama shakllantiruvchi “SQB Ayollar klubi” o‘z treninglarini davom ettirmoqda. Navbatdagi trening Bankning so‘lim tog‘ bag‘rida joylashgan "Ikki buloq" dam olish maskanida bo‘lib o‘tdi.
Treningda nafaqat klub a’zolari, balki Bank Bosh ofisida faoliyat yurituvchi barcha ayollar ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar esa O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova tomonidan olib borildi.
– Ushbu trening boshqalaridan mutlaqo farq qildi. – deydi Bank Yuridik departamenti bosh mutaxassisi Dilafruz Raximova. – Bunga sabab uchrashuvning tabiat yon bag‘rida o‘tkazilganligidir (kulib). Shuningdek, erkin kiyim, mashg‘ulotlarning keng maydonda ko‘ngilochar o‘yinlar tarzida o‘tkazilishi ham bizga bir olam zavq-shavq ulashdi.
Trening davomida tashkil qilingan jamoaviy o‘yinlar hamkasb xotin-qizlarni yanada jipslashtirishga va mazmunli xordiq chiqarib, yangi ish haftasiga katta kuch to‘plashga qulay sharoit yaratdi.
Tadbir “O‘zsanoatqurilishbank” ATB xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.
Bank Axborot xizmati
Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi. Lohiha SQB hamda Toshkent ...
Joriy yilning 15-iyul kuni O‘zsanoatqurilishbank va Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish ins ...
Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Anjumanlar saroyida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlo ...