SQBda gender tenglik

“SQB Ayollar klubi” tashkil etildi


14.08.2019 15:12

“SQB Ayollar klubi” tashkil etildi

2019 yil 13 avgust kuni “O‘zsanoatqurilishbank” Bosh ofisida “SQB Ayollar klubi”ning tashkil etilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, bankning bir guruh faol xodimalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish borasida keng islohotlar olib borilayotganini ta’kidladi.

Ayollarimiz bugun sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, san’at, sanoat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilib, yurtimiz rivojiga beqiyos hissa qo‘shmoqda.

Joriy yil 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotida ayollarning o‘rni va nufuzini mustahkamlash, siyosiy partiyalar safiga bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi ayollarni jalb etish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarga tanqidiy baho berilib, bir qator vazifalar belgilandi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zsanoatqurilishbankda mehnat qilayotganlarning ham salmoqli qismini xotin-qizlar tashkil etadi. Xususan, bugungi kunda bankda jami 1750 ga yaqin ayollar xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “SQB Ayollar klubi”ning maqsadi bank tizimida xotin-qizlarning salohiyatini yanada rivojlantirish, yetakchilik qobiliyatini kuchaytirish, siyosatchi, rahbar va jamoat arboblari sifatida o‘zlarini namoyon qilish hamda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axborot va mafkuraviy islohotlar jarayonida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.

O‘ylaymizki, “SQB Ayollar klubi” bank tizimida ayol xodimlar faolligini oshirishda o‘z samarasini beradi.

Bank Axborot xizmati






Другие новости

22.10.2024 10:20:04
O‘zsanoatqurilishbankda rahbar ayollar soni 30 foizga oshiriladi

Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi. Lohiha SQB hamda Toshkent ...

16.07.2024 09:31:42
O‘zsanoatqurilishbank lider ayollari uchun xalqaro ta’lim dasturi ish boshladi

Joriy yilning 15-iyul kuni O‘zsanoatqurilishbank va Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish ins ...

13.02.2024 15:44:07
“Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Anjumanlar saroyida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlo ...


Дата последнего обновления: 01.11.2021 15:50  
up