Все Кредиты
Ta’kidlash joiz, har yili xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonda eng munosib ish beruvchilar faoliyati o‘rganilib, g‘oliblarga “DaVinchi” mukofoti topshiriladi.
Xodimlarni boshqarish (HR) yo‘nalishiga ixtisoslashgan “Davinchi Management Consulting” professional kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan tanlov mahalliy, xalqaro va davlat korxonalari toifalariga bo‘lingan holda o‘tkaziladi.
Joriy yilda "O‘zsanoatqurilishbank" eng barqaror tashkilot, deya e’lon qilindi.
Bunda bank tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli transformatsiya ishlari, xususan, HR sohasida joriy qilingan yangi standartlar, xodimlar, ularning farzandlari va ota-onalari uchun tashkil etilayotgan ijtimoiy hamda motivatsion ruhdagi loyihalar ko‘lami, shuningdek, muassasaning 100 yillik barqaror rivojlanish odimlari e’tirof etildi.
"O‘zsanoatqurilishbank" bank Axborot xizmati
https://uzreport.news/economy/o-zsanoatqurilishbank-eng-barqaror-tashkilot-deya-e-tirof-etildi