Все Кредиты
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati va uning bank sohasi rivojidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi, iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayev ishtirok etdi.
Prezidentimizning 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, xalqimiz xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida uzoq yilga mo‘ljallangan keng qamrovli milliy strategiya tasdiqlandi.
Tadbirda so‘z olganlar ushbu hujjat barcha sohalarda barqarorlik va bunyodkorlikni ta’minlash, xususan, bank tizimida xususiylashtirish va raqamlashtirish sa’y-harakatlarini kuchaytirish, pirovardida, har bir insonga qulay imkoniyat, muayyan yengilliklar, moddiy va ma’naviy manfaat keltirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
– Mamlakatimizda har bir soha rivoji bank tizimi bilan chambarchas bog‘liq, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi, iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayev. – Bank kreditlari hisobiga har yili yuzlab yangi zavod va fabrikalar barpo etilmoqda, ularga ilg‘or texnologiyalar jalb qilinmoqda, minglab ish o‘rinlari yaratilmoqda. Shu jihatdan qaraganda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tatbiq etishda ham tijorat banklari zimmasida muhim vazifalar o‘rin olgan.
Tadbirda, shuningdek “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining har bir bandi mohiyatan inson qadrini yuksaltirish bilan birga, xalqaro maydonda Vatanimiz obro‘yini yanada oshirishi qayd etildi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...