Yangiliklar

2020 yil 9 iyun kuniga belgilangan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi


08.06.2020 14:18

2020 yil 9 iyun kuniga belgilangan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi, Toshkent shahrida koronavirus pandemiyasiga qarshi ximoya choralarining 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirilishi munosabati bilan, 2020 yil 9 iyun kuniga belgilangan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi sirtdan oʻtkazilishini maʼlum qiladi. Shu munosabat bilan yigʻilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar Bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan kun tartibiga oid hujjatlar va qarorlar loyihasi bilan tanishishlari mumkin.  

Shu munosabat bilan aksiyadorlardan soʻraymiz:

1. Ovoz berish byulletenini chop eting, toʻldiring va aksiyadorlarga maqbul ovoz berish shaklini belgilab qoʻying (yoqlayman, qarshiman va betaraf), agar kerak boʻlsa, izox bering va imzo qoʻying.

2. Toʻldirilgan ovoz berish byulletenini va ovoz berish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni (pasport, yuridik shaxslarning vakillariga tashkilotning rasmiy blankasida muxrlangan ishonch qogʻozi) skanerlangan yoki fotosuratga olingan shaklda yigʻilish kuni Bankning economanaliz@uzpsb.uz elektron manziliga yuboring.

3. Ikki kun ichida ovoz berish byulletenini asl nusxasini va ovoz berish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni bankning aksiyadorlarni yigʻilishini  oʻtkazish manziliga buyurtma xat orqali yuboriladi.

4. Shuningdek, aksiyadorlarni 2020 yil 9 iyun kuni soat 10.00 dan 11.00 ga qadar Shaxrisabz koʻchasi, 3 uyda joylashgan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bosh ofisiga epidemiologik xavfsizlik standartlariga rioya qilgan holda tashrif buyurishiga va shaxsan roʻyxatdan oʻtkazilishiga hamda xujjatlar va ovoz berish byulletenlarini qogʻoz shaklida olishga ruhsat beriladi.

5. Bankka kelib roʻyxatdan oʻtgan aksiyadorlar yuqoridagi tartibda ovoz berishlari mumkin.       


Maʼlumot uchun telefon:   (78) 120-45-00 IP:13-30; (99894) 711– 13 – 75.Hurmatli aksiyador!

Aksiyadorlar uchun materilllarni yuklab olish






Другие новости

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...


Дата последнего обновления: 28.07.2020 16:12  
up