Все Кредиты
Joriy yilning 12-oktyabr kuni Buxoro shahrida O‘zsanoatqurilishbankning 2019-yil 9 oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan Bank boshqaruvi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Bank Boshqaruv a’zolari, tarkibiy bo‘linmalar hamda filiallar rahbarlari ishtirok etdi. Unda Bank Boshqaruvi Raisi Aziz Voitov so‘z olib, bugun har bir rahbar hukumatimiz tomonidan berilgan vazifalar doirasida quyiga tushib, aholi, tadbirkorlar va eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlashi, ular duch kelayotgan muammolarni joyida tezkor hal qilishga ko‘maklashishi lozimligini qayd etdi.
Yig‘ilishda bank tomonidan joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda asosiy ko‘rsatkichlar sarhisob qilinar ekan, joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha bankning umumiy kapitali o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 149 foizga, jami aktivlari 136 foizga, kredit portfeli 144 foizga, shu jumladan xorijiy valyutadagi kredit portfeli 145 foizga o‘sganligi qayd etildi.
Iqtisodiyot real sektoriga 21,6 trln. so‘mdan ziyod investitsiya kreditlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida esa, 5,6 trln. so‘mdan ortiq kreditlar ajratilgani aytib o‘tildi.
Ma’lum qilinishicha, hisobot davrida aholi va xo‘jalik sub'yektlarining bo‘sh pul mablag‘lari ham omonatlarga faol jalb qilingan. Natijada bank depozitlari hajmi 123 foizga, shundan jismoniy shaxslar omonatlari 124 foizga oshgan. Respublika miqyosida mijozlarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi 24 ta zamonaviy bank xizmatlari markazi ishga tushirilgan.
Yig‘ilishda filiallar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Boshqaruvchilar uchun o‘z tuzilmasini standartlarga muvofiqlashtirish va rentabelligini oshirish bo‘yicha muddat belgilandi.
Sayyor yig‘ilish doirasida Buxoroda qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etildi. Xususan, Bank Boshqaruvi va rahbar xodimlari uchun tashkil qilingan treningda “Boshqaruvda samaradorlikka erishish yo‘llari”, “Rahbar xodimlarning umumiy bank va o‘z qo‘lostidagi xodimlari to‘g‘risida bilishi zarur bo‘lgan jihatlar”, “Chakana kreditlar va ularni rivojlantirish istiqbollari” kabi mavzularda chiqishlar tinglandi.
Shuningdek, bank rahbar xodimlari Buxorodagi muqaddas qadamjolarni ham ziyorat qildi. Mehmonlar Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband majmualari, Buxoro shahridagi Poyi Kalon va Labihovuz majmuasi, Ark qal’asi kabi tarixiy obidalarning o‘ziga xos me’moriy jihatlari, ular haqidagi qiziqarli afsona va rivoyatlar, tarixiy voqealar bilan yaqindan tanishdilar.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...