Yangiliklar

Bank kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


05.09.2019 17:25

Bank kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2019-yilning 28-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Bank Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2018-yil 21-dekabrdagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq, joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank Kengashi a’zolarining tarkibi tubdan yangilandi.

Yig‘ilishda yangidan tasdiqlangan Bank Kengashining vakolatiga kiruvchi qator masalalar muhokama etildi. Jumladan, Bank Kengashi hamda uning qoshida faoliyat yurituvchi qo‘mitalar yillik rejasi, shuningdek “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Korporativ boshqaruv tizimini 2019-2020-yillarda rivojlantirish rejasi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ maslahatchisi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Qator ichki me’yoriy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Korporativ boshqaruv tizimining xalqaro standartlariga ko‘ra, Kengash qoshida uchta yangi qo‘mita tashkil etishga doir qaror qabul qilindi.

Yig‘ilish doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) maslahatchisi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank kuzatuv kengashining faoliyatini samarali tashkil etish” mavzuida seminar-trening ham o‘tkazildi. Unda Bank Kengashi faoliyatini bosqichma-bosqich takomillashtirish rejasi taqdim qilindi.

Korporativ maslahatchi





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up