Bank xodimlari “Byudjetlashtirish” tizimining zamonaviy usullari bilan yaqindan tanishtirildi
30.06.2021 18:11
Oʻzsanoatqurilishbank Oʻquv markazi tomonidan navbatdagi malaka oshirish kursi SAP dasturi doirasida tashkil etildi. Unda Bankning Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti hamda filiallarda shu yoʻnalishda faoliyat yurituvchi xodimlar uchun “Bankning buxgalteriya hisobi siyosatida belgilangan vazifalar, byudjetlashtirish tizimi va uning samaradorligi” mavzuida seminar oʻtkazildi.
Maʼlumki, ayni paytda Oʻzsanoatqurilishbank tizimida barqaror daromad manbalarini aniqlash, moliyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida “Byudjetlashtirish” dasturiy majmuasini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Germaniyaning SAP dasturi asosida amalga oshirilayotgan 15 bosqichli ushbu loyihaning shu kunga qadar 11 ta bosqichidagi ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi.
Loyihani joriy etish Bank moliyaviy strategiyasini rivojlantirish va resurs bazasini mustahkamlash bilan bir qatorda mijozlarga qulaylik yaratishda ham koʻp imkoniyatlar beradi. Xususan, bank mahsulotlari va xizmatlarining haqiqiy qiymatini aniqlash, mijozga yoʻnaltirilgan shaffof bank mahsulotlari yaratilishini qoʻllab-quvvatlash, bank mahsulotlari tannarxini pasaytirish hamda kam rentabelli bank mahsulotlarini aniqlab, ularni rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilashning maqbul usullari yuzaga keladi.
Seminar davomida buxgalteriya tuzilmasi xodimlari ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda moliyaviy xisobotning xalqaro standarlari boʻyicha ham oʻqitildi.
Moliyaviy hisob va uning konseptual asoslari, asosiy vositalarni qayta baholash va ularning inventarizatsiyasi, intellektual mulk obyektlari hisobi, ijara, tovar-moddiy zahiralarni baholash, xorijiy valyutadagi aktivlar va majburiyatlar hisobi, qarzlar boʻyicha majburiyatlarni hisobga olish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot, pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish kabi qator yoʻnalishlar boʻyicha oʻz bilim va malakalarini mustahkamladi.
SAP dasturida joriy etilayotgan “Byudjetlashtirish” tizimining zamonaviy usullari bilan yaqindan tanishtirildi.
Bank Axborot xizmati
1099
Другие новости