Bankni transformatsiya qilish jarayoni boshlandi
05.10.2018 16:34
“O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlikda bankni transformatsiya qilish ishlari boshlandi.
Joriy yilning sentyabr oyida loyihaning birinchi bosqichi boshlanib, XMKning malakali konsultantlari tomonidan bankning tarkibiy bo‘linma va filiallari faoliyati to‘liq tahlil qilindi. “O‘zsanoatqurilishbank” va XMK o‘rtasida tahlil natijalari muhokama qilindi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Shuningdek, bankda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ishlab chiqarish ob'yektlarining atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish va energiya tejamkorligini oshirishga qaratilgan moliyalashtirish mexanizmlari va xizmat turlari joriy etiladi.
Qayd etish kerakki, birinchi bosqichda XMK tomonidan:
- Bankning amaldagi biznes strategiyasini amalga oshirishning yondashuvlari va jarayoni baholanib, qayta qo‘rib chiqiladi;
- Kredit amaliyotlari o‘rganiladi va ularning samaradorligi baholanadi;
- Tarkibiy tuzilmaning tanlangan biznes modelga mos kelishi o‘rganiladi hamda jarayonlarni va risklarni optimal boshqaruviga yo‘naltirilgan tuzilma tavsiyalari ishlab chiqiladi;
- Korporativ va kichik biznes mijozlari bilan ishlash tizimi tahlil qilinib, uning biznes strategiyaga mosligi qayta ko‘rib chiqiladi.
- Risklarni boshqarishning amaldagi strukturasi batafsil o‘rganiladi, xalqaro va mintaqaviy bozorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni boshqarish bo‘yicha yangi model va qoidalar ishlab chiqiladi;
- Axborot texnologiyalari platformasi to‘liq qaytadan ko‘rib chiqiladi;
- Xodimlarning ish samaradorligini oshirish uchun ish haqi to‘lash tizimi va kadrlarni tayyorlash mexanizmlari qayta ishlab chiqiladi.
- Kredit ajratish, chakana xizmatlarni ko‘rsatish, buxgalteriya amaliyotlari va boshqa barcha biznes jarayonlarni optimallashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Tahlil natijalariga ko‘ra loyihaning ikkinchi bosqichida:
- Kelgusida bankning jadal rivojlanishini ta’minlovchi korporativ boshqaruv tizimi yaratiladi;
- Bankning tarkibiy tuzilmasi kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan strategik maqsadlari bilan muvofiqlashtiriladi;
- Biznes jarayonlarga raqamli texnologiyalar joriy etiladi;
- Risklarni boshqarishning sifati talab darajasiga ko‘tariladi;
- Bankning moliyaviy bozordagi o‘rni mustahkamlanadi;
- Kadrlar boshqaruv tizimi xalqaro tamoyillarga muvofiqlashtiriladi;
- Bankning barcha yo‘nalishlari xalqaro me’yor va talablarga muvofiq butunlay isloh qilinadi.
Bank Axborot xizmati
717
Другие новости