Все Кредиты
Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida tadbir oʻtkazildi. Unda Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri direktori, Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Azim Mullaxonov hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Turgʻun Beknazarov ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda soʻz olganlar bayroq – xalqimizning asriy orzu-istaklari ramzi, uni har bir inson oʻz kuchi – ilmi, mehnati va sadoqati bilan koʻklarga koʻtarishi muqaddas burch ekanligini taʼkidlashdi. Bayrogʻimiz bugungi kunda butun dunyo mamlakatlarida hilpirayotganini faxr-iftixor bilan tilga oldi.
– Davlat ramzlarining har birida milliy oʻzligimiz, mustaqilligimizga xos tarix, anʼana va qadriyatlar mujassamlashgan, – deydi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Turgʻun Beknazarov. – Uning shon-sharafini sport arenalarida gʻalaba qozonayotgan sportchilarimiz toʻla his qila oladi, uning qadrini boshqa davlatlarda oʻqish, ish ilinjida yurgan yurtdoshlarimiz yaxshi biladi.
Tadbirda Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Azim Mullaxonov tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...