Yangiliklar

Eng navqiron filialimiz faoliyati bilan tanishing


01.02.2019 11:12

Eng navqiron filialimiz faoliyati bilan tanishing

O‘zsanoatqurilishbank Jizzax mintaqaviy filiali Bank tizimidagi eng navqiron filial sanaladi.

 22.jpg

Bank sharoitlari avvalo mijozlar qulayligini o’ylab yaratilgan. Binoning birinchi qavatida tashkil qilingan front-ofisda keng turdagi bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda.11.jpg 

O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi infokiosk va bankomatlar ham doim mijozlar xizmatiga shay. Qurilmalar sozligi kun davomida nazoratga olingan. Bankomatlar esa uzluksiz naqd pul bilan ta’minlanib kelinmoqda. 

 4.jpg

Mijozlarga, ayniqsa, filialda tushlik vaqtida “Tanaffuzsiz ish” rejimining yo‘lga qo‘yilganligi manzur bo‘lmoqda. Tadbirkorlar tomonidan esa 24/7 xizmati alohida e’tirof etilayotir.

 

Hozirgi kunda bank jamoasi yangi mijozlarni jalb qilish bo‘yicha faol ishlarni olib bormoqda. Xususan, korporativ mijozlarga yangi bank mahsulotlari haqida keng tushuntirishlar berilayotgan bo‘lsa, aholi o‘rtasida milliy va xorijiy valyutadagi omonatlar hamda plasatik kartalar shart-sharoitlari, ular asosida taklif qilinayotgan interaktiv xizmatlar afzalliklari targ‘ib etilmoqda.

 

Filial faoliyatida xorijiy kredit liniyalar yo‘nalishidagi amaliyotlar markaziy o‘rinda turadi. Hududda jami 2 983 800 AQSh dollari qiymatidagi loyihalar bank moliyalashtiruviga olingan. Muzlatgich omborxonasini barpo etish (“Gold Fish Indusrty”), issiqxona qurish (“Gidroponik grup”), sintetik mato ishlab chiqarish (“Zamin teks Diyor”), go‘shtni qayta ishlashni tashkil qilish (“Agro lider fayz”), qurilish materialarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish (“Ko‘hna zamin”) kabi loyihalar shular jumlasidandir.

Bank Axborot xizmati






Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up