Yangiliklar

Hududlarda tadbirkorlar uchun onlayn seminarlar


15.06.2020 10:47

Hududlarda tadbirkorlar uchun onlayn seminarlar

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun barcha chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Coʻnggi ikki oyda pandemiyaning aholi turmush tarzi va iqtisodiyot tarmoqlariga taʼsirini kamaytirish boʻyicha Prezidentning 12 ta farmon va qarori qabul qilindi. Buning natijasida 500 mingdan ziyod tadbirkorlik subyekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion soʻmlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.

Pandemiya davrida Oʻzsanoatqurilishbankda ham tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashning yangi mezonlari ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilmoqda. Bank tomonidan mijozlarning ahvoli tahlil qilinib, yuqori salohiyatli, oʻrta salohiyatli va qiyinchilikka uchraganlar toifasiga ajratildi. Bunda qiyinchilikka uchragan tadbirkorlarning har biri bilan ishlab, ularning muammolarini zudlik bilan bartaraf etishga ustuvorlik kasb etmoqda.


Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bilangina cheklanib qolmasdan ularning moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda viloyatlarda hududiy seminarlar tashkil etilmoqda.

Shu kunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi tadbirkorlar ishtirokida ana shunday seminarlar oʻtkazildi.

Seminarlarda bugungi kun sharoitida tadbirkorlik faoliyatini samarali yuritishning tashkiliy, huquqiy va moliyaviy masalalari haqida zarur tushunchalar berilmoqda. Ayni paytda pandemiya davrida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish boʻyicha tushuntirishlar berilayotgani tadbirkorlar tomonidan xayrixohlik bilan kutib olinmoqda.


Oʻquvlar davomida Oʻzsanoatqurilishbank qoshidagi “SQB Consult” konsalting tashkiloti mutaxassislari tadbirkorlik subyektini tashkil etishdan tortib, muvaffaqiyatli kompaniyaga aylantirishga qadar bosqichlar toʻgʻrisida taqdimotlar oʻtkazilmoqda.

Tashkilotimizning asosiy maqsadi tadbirkorlik subyektlarini oʻz loyihalarini amalga oshirishlarida bank va mijoz oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtagan holda ularni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz qisqa muddatda kredit olishlariga koʻmaklashishdan iborat, – deydi “SQB Consult” konsalting tashkiloti direktori F.Rashidov. – Xizmatlarni “yagona oyna” tamoyilida xizmat koʻrsatilishi esa tadbirkorlarimizni ham vaqtini, ham xarajatini qisqartirish imkonini beradi.

Karantin talablarini rioya qilgan holda tashkil etilayotgan seminarlar bir vaqtning oʻzida onlayn shaklda ham oʻtkazilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi professor-oʻqituvchilari hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi vakillari tomonidan onlayn maʼruzalar oʻqilmoqda.

Seminar mashgʻulotlari respublikamizning boshqa hududlarida davom ettirilmoqda.

Bank Axborot xizmati






Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 15.06.2020 10:51  
up