Все Кредиты
Prezidentimizning 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandiga muvofiq, 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirishi belgilangan.
O‘zsanoatqurilishbank tizimida qaror talablaridan kelib chiqib, shuningdek, ichki nazorat qoidalariga ko‘ra, xalqaro bank kartalari orqali amalga oshiriladigan 6051-raqamli Kvazipullar (pulga tenglashtirilgan vositalar, jumladan kriptovalyuta va kripto-aktivlar bilan bog‘liq to‘lovlar) toifasidagi MCC kodi (“Merchant category code”, ya’ni sotuvchi faoliyat turiga oid kod) bilan bog‘liq chiqim operatsiyalari joriy yilning 5-avgustidan, kirim qismi esa, 5-sentyabrdan to‘xtatilishi ma’lum qilinadi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...