Все Кредиты
Joriy yilning 3-4-noyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilgan II Oʻzbekiston iqtisodiy forumi doirasida “Investorlar kuni” tashkil etilib, unda Oʻzsanoatqurilishbank faoliyati taqdimot qilindi.
Jahon moliya hamjamiyati vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan forumda oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun resurslarni jalb qilish instrumentlariga oid masalalar muhokama etildi, tez oʻzgaruvchan moliyaviy makonda kelishuvlar boʻyicha sheriklik aloqalarini yoʻlga qoʻyish uchun eng maqbul sharoitlar koʻrib chiqildi.
Tadbir doirasida xorijiy sheriklarga Oʻzbekiston moliya bozorida amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar hamda Oʻzsanoatqurilishbankni xalqaro sifat standartlariga muvofiq transformatsiya qilish jarayonlari haqida maʼlumot berildi.
Respublikada barqaror investitsiya oqimini taʼminlash uchun loyiha quvvatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Investorlar kuni”da “Wood&Co”, “Dunros & Co”, “Prosperity Capital Management”, “RWC Asset Advisors”, “Fusion Wealth Management”, “Eaton Vance” va “Equinox Partners” kabi yetakchi xalqaro investitsion korporatsiyalar, xorijiy kompaniyalar vakillari hamda ekspertlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Bank mutasaddilarining xalqaro ekspertlar bilan muloqoti davomida muassasaning moliyaviy koʻrsatkichlari tahlil qilindi.
Uchrashuvda bankni barqarorlashtirishda olib borilgan chora-tadbirlar yuqori baholanganligi hisobga olinib, tadbir muassasaning xalqaro kapital bozorlaridagi imkoniyatlarini kengaytirishda oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtashi kutilmoqda.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...