Yangiliklar

Investorlar kuni: yangi imkoniyatlar sari yoʻl


07.07.2023 12:04

Investorlar kuni: yangi imkoniyatlar sari yoʻl

Joriy yilning 7-iyul kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan  “Investorlar kuni” tashkil etildi. Xalqaro moliyaviy institutlari, nufuzli bank va yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbirda qator kelishuvlarga erishildi.

Shu kunlarda poytaxtimizda oʻtkazilgan “Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida koʻpgina tadbirlar tashkil qilinib, unda xalqaro ekspertlar bilan Yangi Oʻzbekistondagi islohotlar yuzasidan fikr almashildi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, AQSHning “JP Morgan Chase”, Buyuk Britaniyaning “ICBC Standard PLC”, “ImpactA Global” va “Khumo 7 Consulting”, Germaniyaning “Commerzbank”, “KfW IPEX-Bank GmbH”, “Landesbank Baden-Württemberg” va “Deutsche Bank”, Avstriyaning “Raiffaisenbank”, Fransiyaning “Rothschild & Co”, “Natixis” hamda Fransiya taraqqiyot uyushmasi kabi yirik bank-moliya va investitsiya kompaniyalari vakillari ishtirokida oʻtkazilgan “Investorlar kuni”da dastlab Oʻzsanoatqurilishbank faoliyati taqdimot qilindi.

Xususan, mehmonlar muassasa tomonidan 2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida korporativ boshqaruv, chakana, kichik va oʻrta biznes, filiallar tarmogʻini boshqarish, IT, tranzaksion biznes, risklarni boshqarish hamda “yashil” bank yoʻnalishlarida amalga oshirilgan transformatsiya ishlari natijalari bilan tanishtirildi.

Bank tizimida zamonaviy yechimlarni joriy etish, moliyaviy va inson resurslari samaradorligini oshirishga ijobiy taʼsir koʻrsata oladigan istiqbolli investorlarni jalb qilish va ular yordamida yanada samarali infratuzilma yaratishga qaratilgan masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Tadbir davomida “JP Morgan Chase” vakillari tomonidan Oʻzbekiston banklarining jahon kapital bozoriga integratsiyasiga bagʻishlangan sessiya ham oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy oʻzgarishlar, shu jumladan, iqtisodiyot yoʻnalishidagi islohotlar natijasi jahon hamjamiyati tomonidan alohida eʼtirof etilayotgani taʼkidlandi.

Iqtisodiyotning asosiy boʻgʻinlaridan biri – kapital bozorini rivojlantirishda Oʻzbekistonda katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Xorijiy hamkorlar ushbu sohaga ilgʻor tajribani olib kirishda bozor ishtirokchilariga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi. Tomonlar oʻrtasida shu va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha xamkorlikni kengaytirish yuzasidan rejalar belgilab olindi.

Tadbir yakunlariga koʻra qariyb 32 million dollarlik, shu jumladan, Oʻzsanoatqurilishbank va “Raiffaisenbank” oʻrtasida savdoni moliyalashtirish boʻyicha 15 million yevro miqdoridagi kredit bitimi hamda “ICBC Standard PLC” banki bilan 15 million AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlgan miqdorda milliy valyutada nominallangan qisqa muddatli banklararo kreditni jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bank Axborot xizmati



Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 10.07.2023 12:09  
up