Все Кредиты
20-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbankda J.P.Morgan bankining Rossiyadagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda eksport-kredit agentliklar (EKA) va ular kafilligi ostida moliyalashtirish mexanizmlari ish tamoyillariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy trening tashkil etildi.
Trening davomida J.P.Morgan bankining eksportni moliyalashtirish bo‘yicha ijrochi direktor Richard Vilkins va eksportni moliyalashtirish bo‘yicha vitse-prezidenti Yongxa Kim ishtirokchilarni EKA kafilligi ostida loyihalarni amalga oshirish mohiyati, tamoyillari va mexanizmlarini belgilashda turli yondashuvlar hamda agentliklar orqali amalga oshiriladigan moliyalashtirish bitimlari bosqichlari bilan tanishtirdi.
Ta’kidlash joiz, eksport-kredit agentliklari keng xizmatlar doirasini taklif etadi. Tashqi savdo operatsiyalarini kreditlash, eksport kreditlari bo‘yicha davlat kafolatlarini taqdim etish, eksport kreditlari va bitimlarni siyosiy va boshqa tavakkalchiliklardan sug‘urtalash shular jumlasidandir.
Eksport shartnomalarini sug‘urtalashda dunyodagi eng yirik tashkilot - Euler Hermes’dir. Ushbu kompaniya xizmatlari asosida Germaniya iqtisodiyotida eksport hajmi 18 foizga oshmoqda, ish o‘rinlari soni yiliga 90 mingtaga ko‘paymoqda. Xususan, mashinasozlik sohasida ish o‘rinlarining 60 foizi, mashinasozlik va kimyo sanoatida eksportning 40 foizi ushbu kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot. Hozirgi kunda dunyoda 100dan ziyod eksport-kredit agentliklari faoliyat yuritadi. Ularning 80 tasi eksport kreditlari va investitsiyalarni sug‘urtalovchilarning asosiy tashkiloti - Bern ittifoqiga a’zodir. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Bern ittifoqiga kiruvchi EKA dunyo bo‘yicha eksportning 12 foizga o‘sishiga ko‘maklashdi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...