Yangiliklar

JOYDA mikroqarzlarida sizni qanday o'zgarishlar kutmoqda


01.05.2021 10:39

Bir yil avval, 2020-yil 7-may kuni O'zsanoatqurilishbank yangi JOYDA mobil ilovasini ishga tushirdi. JOYDA masofadan taqdim etiladigan an'anaviy bank xizmatlarini hamda aholiga keng turdagi mahsulotlarni taklif etuvchi qulay marketpleysni birlashtirdi.

Aslida, JOYDA mobil marketpleys iste'mol kreditini o’rnini bosdi. Endilikda iste’mol tovarlar, bank va sug’urta xizmatlari, shuningdek, ularni yetkazib berish xizmatidan har bir foydalanuvchi bir ilova orqali foydalanishi mumkin.

Endi zarur ehtiyojlar uchun kredit olish uchun bankka borishning hojati yo'q, kreditlar bir necha daqiqada onlayn tarzda beriladi. Kredit arizasini tahlil qilish, arizachi ma'lumotlarini to'plash va qaror qabul qilish bankning kredit mutaxassisi qo'lidan raqamli texnologiyalar foydasiga butunlay o'tib ketdi.

Tashqi moliyaviy ma'lumotlar bazalarini birlashtirish va qarz oluvchilarning xulq-atvorini tahlil qilish orqali har qanday qarz oluvchiga "inson" ishtirokisiz baho beradigan skoring tizimi yaratildi.

Bugungi kunda mobil platforma 340 mingdan ortiq faol foydalanuvchilarga ega. JOYDA ilovasida berilgan kreditlar umumiy hajmi 602,2 mlrd. so'mni tashkil etgan bo’lib, shundan jami 576,4 mlrd.so'mlik 67 524 onlayn mikroqarz va 25,8 mlrd.so'mlik 7 805 iste'mol krediti. Masofandan turib 5 686 ta bank kartasiga buyurtma qabul qilinib va mijozlarga etkazib berildi.

100 dan ortiq sotuvchilar va tovar ishlab chiqaruvchilari JOYDA savdo maydonchasi qulayligini baholab, 20 000 dan ortiq mahsulotlarini marketpleysga joylashtirishdi. Ushbu qisqa davrda umumiy qiymati 25,8 mlrd. so'mlik 8 000 turdagi mahsulot sotildi.

JOYDA o'zining birinchi tug'ilgan kuni munosabati bilan 12 oy muddatga qayta tiklanadigan onlayn mikroqarz taqdim etmoqda hamda barcha onlayn kreditlar summasini 24,5 million so'mgacha oshirib, skoring ballga asosan o’rnatiladigan foiz stavkalari joriy qilinadi.

Oddiy so'zlar bilan aytganda, mikroqarz olgandan so'ng, kredit mablag'laridan siz qulay tarzda foydalanishingiz, butun miqdorni to'liq yoki vaqti-vaqti bilan va kerak bo'lganda qismlarga sarflashingiz mumkin. Shu bilan birga, kredit foizlari kartaga kredit mablag’lari tushganda va siz sarflagan qismingizgagina avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Shunday qilib, kredit muddati doirasida kredit mablag'laridan qayta-qayta foydalanishingiz mumkin.

Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar:

-18 yoshga to'lgan va kredit olish uchun murojaat qilgan kunda 65 yoshdan oshmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lish;

- oxirgi 6 oydan kam bo'lmagan barqaror daromadga ega bo'lishi lozim.

Bunday kredit bo'yicha foiz stavkasi yillik 23%dan 39%gacha oraliqda o’rnatiladi. Foiz stavkasi miqdori qarz oluvchining skoring balliga bog'liq. Odatda, birinchi kreditni qarz oluvchi yuqori stavkada va kichik miqdorda oladi, bu skoring tizimi to'plangan ball tufayli. Biroq, har bir keyingi o'z vaqtida yopilgan kredit bilan taklif qilingan kredit miqdori ortadi va foiz stavkasi kamayadi.

 

Kredit skoringi nima?

Skoring - bu qarz oluvchining baholash tizimi bo'lib, u bilan bank kreditni qanchalik muddatida to'lashini taxmin qilishi mumkin. Skoring matematik hisob-kitoblar va statistikaga asoslanadi.

Shunga o'xshash odatlarga ega bo'lgan odamlar moliya bilan o’xshash munosabatda bo'lishadi, deb hisoblashadi. Shuning uchun, bank potentsial qarz oluvchilarni shu kabi kreditlarni olgan boshqa odamlar bilan taqqoslaydi.

Bank xavf-xatar va sotish o'rtasidagi muvozanatni saqlaydigan o'z skoring modelini yaratdi va sozladi.

 

Kredit skoring modellari uchun ma'lumotlarni qaerdan oladi?

O'zbekistonda mijoz haqida hamma narsani bilishga yordam beradigan tashqi ma'lumotlar bazalari shakllandi:

- manzil va to'liq ism familiya

- telefon raqami

- daromadlar

- kredit tarixi

- qarz yuk

- ko'chmas mulk mavjudligi

- boshqa to’lanmagan muammoli qarzdorliklar mavjudligi

Aksariyat tashqi bazalar JOYDA paydo bo'lgan vaqtda paydo bo'ldi. Bitta so'rovning taxminiy qiymati 20 ming so'm.

Kreditorlar davlat ma'lumotlar bazasidan shaxs haqida ma'lumot olishlari mumkinmi?

Ha, agar shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun foydalanuvchi roziligi bo'lsa. Bunday rozilik buyurtma berish vaqtida so’raladi. Bank shaxsiy ma'lumotlarning himoya qilinishini ta'minlaydi va boshqa maqsadlarda foydalanilmaydi.

Barcha ma'lumotlar bir xil darajada muhimmi?

Modeldagi har bir parametr o'z vazniga ega va bir xususiyat boshqasidan ko'ra muhimroq bo'lishi mumkin. Eng katta vazn — kredit tarixidan olingan ma'lumotlar. Agar mijoz kredit tarixiga ega bo'lmasa, skoring modeli faqat shaxsiy va qo'shimcha ma'lumotlarga asoslangan. Ammo bu holatda uning to'lov intizomini bashorat qilish juda qiyin. Shunday qilib, moliyaviy darajasi yuqori bo'lgan, lekinkredit olmagan mijoz yuqori ball ololmaydi.

Skoring ko’rsatkichlar to'plami, ularning vazni va natijalari, firibgarlar va raqobatchilar tomonidan foydalanilmasligi uchun bank tomonidan sir saqlanadi.

 





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


 
up