Yangiliklar

Koronavirus o'zgarishga majbur qiladi!


01.04.2020 11:17

Majburiy o'z-o'zini izolyatsiya qilish sharoitida, biz uchun odatiy bo'lgan barcha ishlar va tashvishlarni, harakatlanishdagi va odamlar bilan jismoniy aloqadagi cheklovlarni hisobga olgan holda, boshqacha tarzda hal qilishga to'g'ri keladi.
COVID-19 virusi epidemiyasi bilan bog'liq vaziyat sizni hayotiy zarur mahsulotlar va xizmatlarni sotib olishda, ko'ngilochar xizmatlardan foydalanish borasida va o'z-o'zini rivojlantirish va ta'lim olishda cheklamasligi kerak.

Nimadan boshlash kerak?

Agar hali ulgurmagan  bo'lsangiz, uyingizga Internet o'rnating. Optik tolali Internet mobil Internetga qaraganda bir necha baravar tez va arzonroq. Provayderlarga qo'ng'iroq qiling va siz yashaydigan ko'p qavatli turar-joy binosida optik tolali kabel mavjudligini bilib oling (manzil va uy raqamini ko'rsatishingiz kerak). Ariza qoldiring va uyning har qanday qismida bemalol Internetdan foydalanish imkoni bo'lishi uchun, Wi-Fi routerni o'rnatishni ham so'rang. Provayderlar odatda routerni bepul yoki arzon narxlarda yetkazib beradilar. 100 GB yoki undan katta paketni tanlang (narxi oyiga 100 ming so'mdan 150 ming so'mgacha farq qiladi).
Simli Internetni ulash imkoni bo'lmasa, umidsizlikka tushmang - mobil Internet munosib o'rindosh bo'la oladi! O'zingizga 10-20 GB trafikka ega bo'lgan Internet to'plamini sotib oling.

Ko'plab televizorlarda Internet orqali uzatiladigan va uning o'ziga o'rnatilgan ko'ngilochar dasturlar xizmati mavjud. Ushbu televizorlar Smart televizorlar deb nomlanadi. Qoidaga ko'ra, undan youtube, kinoteatrlar va o'yinlarga kirish mumkin. Agar televizorda bunday imkoniyatlar bo'lmasa, sizga o'yin va ko'ngilochar mashg'ulotlardan foydalanishga imkon beradigan TV-pristavkani sotib olish kerak (pristavkaning narxi 300 ming so'mdan boshlanadi). Pristavka yordamida siz o'zingiz uchun sevimli televizion kanallarni deyarli bepul o'rnatishingiz, shuningdek sevimli filmlaringiz va yangiliklarni cheklovsiz tomosha qilishingiz mumkin.

Mahsulotlar va xizmatlarni uyingizga yetkazib berish uchun buyurtma bering.

Deyarli har qanday mahsulot va xizmatlarga Internet orqali buyurtma berish mumkin. Bu telegram bot orqali buyurtiriladigan pizza / burger, chakana savdo qiladigan do'konlarda buyurtma qilinadigan oziq-ovqat / dori-darmon, maishiy texnika va hatto, mashina bo'lishi mumkin. Kerakli mahsulot yoki tovarni tanlaganingizdan so'ng, to'lov bosqichi keladi. Buni har qanday to'lov kartasi yordamida amalga oshirish mumkin. Agar kartangiz Uzcard / Humo bo'lsa, sizga SMS-xabar berish xizmatini yoqish kerak bo'ladi (siz uni istalgan bankomat yoki bankda yoqishingiz mumkin), agar kartangiz xalqaro to'lov tizimiga tegishli bo'lsa, sizga 3d  securedan parol va uch xonali CVV2 kodi kerak bo'ladi. To'lovni amalga oshirayotganda, tizim sizdan 16 raqamli BINni (kartangizda yozilgan), amal qilish muddati (oy / yil) ni so'raydi. Karta ma'lumotlarini kiritgandan so'ng,  operatsiyangizni tasdiqlash uchun telefon raqamingizga kod yuboriladi. Uni kiritganingizdan keyin, mablag' sizning kartangizdan yechib olinadi.
Xalqaro to'lovlarni amalga oshirganda,  to'lovchining shaxsiy ma'lumotlari va CVV kodi qo'shimcha ravishda talab qilinishi mumkin.
Muvaffaqiyatli to'lovdan so'ng, tovarni yetkazib berish manzilini ko'rsating va uning kelishini kuting. Kuryer bilan jismoniy aloqa qilishdan saqlaning, undan tovarlarni eshik oldida qoldirib, undan 2 metr narida turishni so'rang. Tovarlarni olgandan so'ng, gigiyena talablariga rioya qiling.




Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.05.2020 20:47  
up