Yangiliklar

“Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan Oʻzsanoatqurilishbank tadbirkorlarga istalgan maqsadlar uchun 1 mlrd.soʻmgacha taʼminotsiz kreditlar ajratilishini eʼlon qiladi


20.03.2020 18:22

“Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan Oʻzsanoatqurilishbank tadbirkorlarga istalgan maqsadlar uchun 1 mlrd.soʻmgacha taʼminotsiz kreditlar ajratilishini eʼlon qiladi

“Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tadbirkorlarga istalgan maqsadlar uchun 1 mlrd.soʻmgacha taʼminotsiz kreditlar ajratilishini eʼlon qiladi. Mazkur kredit sodiqlik dasturi doirasida ishlab chiqilgan va yanada qulay shartlarda foydalanish imkonini taqdim etadi.

Ushbu kreditdan 90 kun davomida foydalanishingiz mumkin. Kredit mablagʻlarining kredit liniyasi shaklida taqdim etilishi qarz oluvchiga kreditdan 12 oylik muddat ichida zarur boʻlganda foydalanish imkonini beradi. Kredit miqdori hisobraqamingiz boʻyicha 3 oylik aylanma hajmiga teng boʻladi, biroq 1 mlrd soʻmdan oshmaydi.

Kompaniyangiz sodiqlik dasturi ishtirokchisi ekanligini quydagi formaga unikal 8 raqamli kodni kiritib bilib olishingiz mumkin.

 

Kredit liniyasini ochish uchun Sizga xizmat koʻrsatuvchi bank filialiga murojaat qilishingiz hamda bank tomonidan tayyorlab qoʻyilgan kredit shartnomasi va boshqa hujjatlarni imzolashingiz zarur.

Mazkur amaliyot Bank tomonidan Konstitutsiya kunimunosabati bilan-08.12.2019y. ham qoʻllanilgan boʻlib, bankning 366 nafar doimiy mijozlariga tayyor kreditlar taqdim etilishi boʻyicha takliflar berilgan.





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.05.2020 22:27  
up