Yangiliklar

“O’zsanoatqurilishbank” ATB – “Global savdoni moliyalashtirish dasturi” doirasida Markaziy Osiyodagi eng faol emitent banklaridan biri sifatida e‘tirof qilindi


13.05.2024 17:51

“O’zsanoatqurilishbank” ATB – “Global savdoni moliyalashtirish dasturi” doirasida Markaziy Osiyodagi eng faol emitent banklaridan biri sifatida e‘tirof qilindi

Joriy yilning 7-9-may kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida Jahon Banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasining “Global savdo hamkorlari tadbiri” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida amalga oshirilgan loyihalar natijasida “Global savdoni moliyalashtirish dasturi” doirasida Markaziy Osiyoda eng faol emitent bank”lardan biri sifatida (“Outstanding GTFP issuing bank, dynamic growth, Central Asia” award) taqdirlandi.

“O‘zsanoatqurilishbank” va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda savdoni moliyalashtirish hamda kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirganligi natijasida ushbu unvonga sazovor deb topildi.




Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 13.05.2024 17:56  
up