Yangiliklar

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB kreditning asosiy qarzini qaytarish boʻyicha imtiyozli davr berish yuzasidan kredit shartnomalarini individual tartibda koʻrib chiqishga tayor


20.03.2020 10:04

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB kreditning asosiy qarzini qaytarish boʻyicha imtiyozli davr berish yuzasidan kredit shartnomalarini individual tartibda koʻrib chiqishga tayor

Koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli tadbirkorlik subyektlarida kreditlarni qaytarish bilan bogʻliq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB  xorijiy hamkorlar bilan ishlovchi, xalqaro turizm va yuk tashish sohalari bilan shugʻullanuvchi, shuningdek faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilishi ehtimoli boʻlgan mijozlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor.

Biznes vakillarining faoliyatidagi vaqtinchalik qiyinchiliklarini eʼtiborga olgan holda, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB kreditning asosiy qarzini qaytarish boʻyicha imtiyozli davr berish hamda yakuniy toʻlovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish yuzasidan kredit shartnomalarini individual tartibda koʻrib chiqishga tayyor.

Mazkur vaziyatlarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlari oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi bank filialiga rasmiy ravishda murojaat qilishlari mumkin.





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 27.05.2020 22:28  
up