Все Кредиты
Shu yilning 4 sentyabrida Singapur shahrida o‘z ichiga butun dunyo bo‘ylab 200 hamkor bankni oluvchi Osiyo taraqqiyot bankining tijoratni moliyalashtirish dasturi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “2018 yilda O‘zbekistondagi eng yaxshi yetakchi hamkor-bank deya topildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va OTB o‘rtasida Kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Osiyo taraqqiyot bankining tijoratni moliyalashtirish dasturida ishtirok etuvchi va OTBning tasdiqlovchi bank maqomidagi O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi bank bo‘ladi.
Qayd etish kerakki, OTBning mazkur vositasidan foydalanish “O‘zsanoatqurilishbank”ning “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostidagi mahsulot va xizmatlar eksportini moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Tijoratni moliyalashtirish dasturi OTB tomonidan 2009 yilda boshlangan. Mazkur dasturdan ko‘zlangan maqsad tijorat banklaridagi risklarni horij banklaridan kredit mablag‘larini jalb etish orqali bo‘lib tashlash vositasida OTBga a’zo mamlakatlardagi kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda hamkorlik hisoblanadi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB 2013 yildan buyon mazkur dastur ishtirokchisi sanaladi.
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...