“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Turkiyaning “Aktif Yatirim Bankasi A.S.” bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
06.06.2024 10:23
Joriy yilning 6-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan boʻladi.
Tashrif oldidan Turkiya Savdo-sanoat palatalari va tovar birjalari Ittifoqida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri J.Qoʻchqorov va Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti J.Yilmaz ishtirokida Oʻzbek–Turk biznes-forumi boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Turkiyaning eng yirik xususiy banklardan biri va oʻzining innovatsion va fintex mahsulotlari bilan mashhur “Aktif Yatirim Bankasi A.S.” oʻrtasida umumiy qiymati 40 mln dollarlik mablagʻlarni jalb qilish yuzasidan Hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Mablagʻlar savdoni moliyalashtirish, kichik va oʻrta biznes vakillarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Bundan tashqari, Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston va Turkiya biznes hamkorlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun sharoitlar va qulayliklar yaratish maqsadida “Aktif Yatirim Bankasi A.S.”da korrespondentlik hisob raqamini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.
327
Другие новости