O‘zsanoatqurilishbank “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq emas
23.05.2024 09:47
Joriy yilning 22-may kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilindi.
Prezidentimizning 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni “Avtomobilsiz kun” sifatida o‘tkazilishi belgilangan.
Bunda atrof-muhitga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta'sirini kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Faoliyatida “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini joriy etib, mamlakatda ekologik barqarorlikni ta'minlashga munosib hissa qo‘shayotgan O‘zsanoatqurilishbank ushbu jamoat loyihasida ham faol qatnashib kelmoqda.
“Avtomobilsiz kun”da bankka tegishli avtoturargohlarga kirish cheklandi.
Xodimlar ishga jamoat transporti, velosiped va ekologiyaga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalarida kelishdi.
Aksiya yakunida faol ishtirochilarga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Bank Axborot xizmati
396
Другие новости