O‘zsanoatqurilishbank Germaniya “Doyche banki”dan qiymati 165 mln. yevro sindikat jalb qildi
30.05.2024 10:34
Joriy yilning 28-may kuni O‘zsanoatqurilishbankga Germaniya “Doyche banki” tomonidan umumiy qiymati 165 mln. yevroga teng sindikatlangan kredit ajratildi.
Prezidentimiz tomonidan tijorat banklariga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va tashqi moliyalashtirish manbalarini kengaytirgan holda mijozlarning investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berilgan.
O‘zsanoatqurilishbankga Germaniya “Doyche banki”dan jalb etilgan qiymati 165 mln. yevro sindikat ham ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Mazkur mablag‘lar O‘zbekistonga xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yangi ish o‘rinlarini yaratish, xususan, sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda kichik va o‘rta biznes yo‘nalishidagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Bank Axborot xizmati
303
Другие новости