Oʻzsanoatqurilishbank Germaniya va Shveysariya banklari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
26.02.2024 16:52
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB vakillari joriy yilning 21-23-fevral kunlari Germaniya va Shveysariya davlatlarida bo’lib, moliya muassasalari bilan ikki tomonlama qator manfaatli hamkorlik kelishuvlariga erishdi.
Tashrif davomida Germaniyaning yirik banklari, jumladan “Deutsche Zentral-Genossenschaftsbank” (DZ Bank), “Landesbank Hessen-Thüringen” (Helaba), “Commerzbank AG”, “AKA Bank”, “ODDO BHF”, “KfW-IPEX Bank”, “Landesbank Baden-Wuerttemberg” (LBBW) hamda Shveysariyaning “Credit Suisse” va “SERV” eksport-kredit agentligi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Muzokaralar natijasida umumiy qiymati 105 mln. yevrolik shartnomalar imzolangan boʻlib, mablagʻlar savdoni va investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi. Xususan, ESG tamoyillar asoslarini tadbiq etish va “yashil” loyihalarni moliyalashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bank Axborot xizmati
450
Другие новости