Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank: har bir murojaat nazoratda


17.04.2019 11:52

O‘zsanoatqurilishbank: har bir murojaat nazoratda

Keyingi yillarda mamlakatimizda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullari joriy qilindi.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida ham O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boshqarmasi va uning filiallardagi mas’ul xodimlari tomonidan murojaatlarni o‘rganish, tahlil etish hamda mavjud muammolarga yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning birinchi choragida Bankka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank orqali hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy va yuridik shaxslardan jami 209 ta yozma, og‘zaki va elektron murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 22 tasi ijobiy hal etildi. 187 nafar fuqaroning murojaatiga amaldagi qonunchilikka binoan tushuntirishlar berildi.

Hududlar kesimida esa eng ko‘p murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi (umumiy murojaatlarning 15 tasi 7,2%ni tashkil etadi) hamda Toshkent (18,2%), Qashqadaryo (8,6%), Navoiy (7,5%), Samarqand (5,7%), Farg‘ona (5,7%) viloyatlaridan kelib tushgan.

Bank Boshqaruvi topshirig‘iga asosan mazkur hududlardagi mintaqaviy filiallar tomonidan alohida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan hamkorlikda aholi va tadbirkorlar uchun ochiq muloqot shaklidagi seminar, uchrashuv hamda sayyor qabullar tashkil etilib, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida ana shunday tadbirlar poytaxtimizning Chilonzor, Olmazor, Shayxontohur hamda Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanlarida, shuningdek, Andijon va Qo‘qon shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda so‘nggi paytlarda bankka fuqarolar tomonidan eng ko‘p qilingan murojaatlar - mikroqarz, ipoteka, iste’mol kreditlari, biznes loyihalar uchun xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish, omonat kabi xizmatlar bo‘yicha tushunchalar berildi.

“Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi asosida imtiyozli kreditlash tartiblari va mexanizmlari yuzasidan alohida taqdimotlar o‘tkazildi. Yangi masofaviy xizmatlar, plastik kartalar, shu jumladan, to‘lov tizimlaridagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar ulashildi.

Ma’lumki, respublikada murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2016-yil 27-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbank tizimida ushbu yo‘nalishdagi ishlar mazkur qaror talablariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, muammoli murojaatlar yuzasidan kamchiliklarning tub zamiri chuqur o‘rganilib, bartaraf etilmoqda, joylardagi boshqa tuzilmalarga yo‘naltirilgan murojaatlar taqdiri qat’iy nazoratga olinmoqda, belgilangan muddatlarda javob berilmagan ishlar yuzasidan esa mas’ul xodimlarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda.

Qayd etish lozimki, transformatsiyalash jarayoni jadal kechayotgan O‘zsanoatqurilishbank tizimida so‘nggi paytlarda mijozlarga tezkor, sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatish borasida muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Infratuzilma rivojlantirilmoqda, bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlari ishlab chiqilmoqda, mijozlarni rag‘batlantirish, ular doirasini kengaytirishga qaratilgan turli aktsiyalar e’lon qilinmoqda.

Bank rahbariyati tomonidan ushbu sa’y-harakatlar asnosida ko‘zlangan marralarga erishish maqsadida mijozlar bilan munosabatlarning optimal yo‘llaridan samarali foydalanilmoqda. Ulardan biri aholi va tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarning o‘tkazilishidir. Bu O‘zsanoatqurilishbankda bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va manfaatlari himoyalanishini ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 17.10.2019 13:35  
up