Все Кредиты
Bugun, 2019-yil 1-maydan Humo milliy to‘lov tizimi kartalarini yalpi muomalaga chiqarish boshlandi. Bunday kartalar emitentlari qatorida O‘zsanoatqurilishbank ham o‘rin olgan.
Milliy banklararo protsessing markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kartalarning oylik maoshlar uchun emissiyasi bepul, savdo ekvayringi uchun komissiya – 0,2 foizgacha, internet-ekvayring uchun komissiya – 1 foizgacha, tizim ichida kartadan kartaga pul o‘tkazmalari komissiyasi umumiy o’tkazma miqdorining 0,5 foizgacha bo‘lishi kutilmoqda.
Humo infratuzilmalari 1000 ta bankomat hamda 47990 ta terminalni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, poytaxtimizda Visa va Mastercard kartalarini qabul qiluvchi 1000 dan ortiq bankomat va 100 mingdan ziyod to‘lov terminallari o‘rnatish, keyinchalik butun respublikani bosqichma-bosqich qamrab olish rejalashtirilgan.
Milliy banklararo protsessing markazi – «HUMO» to‘lov tizimi operatori mobil to‘lovlar texnologiyasini kengaytirishni ma’lum qildi.
Bunday kartalar funksional jihatdan xilma-xil bo‘ladi: kredit, debet, bonus va b.
Terminallar borasida ham o‘zgarishlar kutilmoqda. Savdo-servis nuqtalari uchun ikkita modifikatsiyadagi terminallar sotib olinmoqda. Ular yordamida nafaqat Humo kartalari, balki Mastercard, Visa, UnionPAY kartalari vositasida haq to‘lash mumkin bo‘ladi.
«HUMO» bilan zamonaviy mahsulotlar ro‘yxati va xizmat ko‘rsatish rivojlanadi. Turli yutuqli o‘yinlar va aksiyalar o‘tkaziladi.
Bank Axborot xizmati
...
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...
Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...