Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank – ipakchilar hamkori


19.09.2023 10:57

Oʻzsanoatqurilishbank – ipakchilar hamkori

Tabiiy ipak – yengil sanoatdagi eng qimmatbaho xom ashyolardan biri. Undan tayyorlanadigan matolar koʻrinishi nafis, sifati yuqori, boʻyalishi oson, egiluvchan va namlikni oson singdiruvchan boʻladi. Biroq, bunday mahsulotni ishlab chiqarish jarayonlari katta mehnat talab etadi. Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan “RADIANT SILK” korxonasiga uyushtirilgan press-turda jurnalistlar bunga guvoh boʻlishdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-fevraldagi “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, tijorat banklari tomonidan tarmoqdagi eksportyor korxonalarni uzluksiz aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida revolver kreditlar ajratib kelinmoqda.

Jumladan, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ham ipakchilik bilan shugʻullanib kelayotgan korxonalar faol qoʻllab-quvvatlanmoqda. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “RADIANT SILK” masʼuliyati cheklangan jamiyati shular sirasiga kiradi.

– Oʻn yildan buyon yuqori sifatli ipak mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelamiz, – deydi korxona rahbari Jamol Sayliyev. – Texnologik uskunalarni yangilash, boshqaruv va ishlab chiqarishda xodimlar malakasini oshirish, xom ashyo sifati, laboratoriya xizmati, xorijiy hamkorlik va eksport yoʻnalishlarida katta tajriba orttirdik.

Bugungi kunda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 250 tonaga teng, 250 ga yaqin ishchi kuchiga ega. Mahsulotlarning 2,5 mln. dollarlik qismi eksportga yoʻnaltirilgan. Bu borada asosiy buyurtmachilar Vyetnam, Hindiston, Xitoy va Tojikiston davlatlaridagi hamkorlar hisoblanadi.

– Tahlillarga koʻra, jahon boʻyicha ipak ishlab chiqarish keyingi besh yilda 15,7 foizga oshgan, respublikamiz esa eng yetakchi uchlik qatoridan oʻrin olgan, – deydi Jamol Sayliyev. – Shu bois qoʻshimcha imkoniyatlarni ishga solib korxonamiz faoliyatini muntazam kengaytirib borayapmiz. Bunda Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan aylanma mablagʻlarimizni shakllantirish maqsadida ajratilayotgan kreditlar muhim rol oʻynamoqda.

Revolver kredit – moliya bozorida keng tarqalgan qayta tiklanadigan kredit turi hisoblanib, mijoz moliyaviy holati va boshqa zaruriy koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda, korxona uchun belgilangan limit doirasida ajratiladi. Bunday kreditning afzalligi shundaki, mijoz kreditni oʻz muddatida soʻndirib, undan qayta foydalanish imkoniyaga ega boʻladi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimda ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan mijozlar (yirik korxonalar hamda kichik va oʻrta biznes subyektlari)ga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 8 turdagi revolver kreditlar taklif etilmoqda.

https://youtu.be/NOyx1mLDySQ

 

Bank Axborot xizmati






Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 25.09.2023 09:30  
up