Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank Islom taraqqiyoti banki guruhidagi moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda


01.09.2021 07:45

2021-yilning 31-avgust kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) ijrochi direktori Ayman Amin Sejini boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda dastlab mehmonlar Oʻzsanoatqurilishbankda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayoni, moliyaviy barqarorlikka erishishga qaratilgan rejalar, shuningdek, respublikamizda bank-moliya sektorini xususiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.  

Tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro sherikchilik aloqalari natijalari muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar boʻyicha fikr almashildi.  

Aytish lozimki, joriy yilning fevral oyida Bank tomonidan XSRIK bilan 25 mln. AQSH dollariga teng moliyalashtirish liniyasi toʻgʻrisida bitim imzolangan edi. Ushbu kelishuv asosida Bank mutaxassislari uchun moliyalashtirishning islomiy usullari boʻyicha oʻquv-amaliy dasturlar tashkil etildi.  

Mazkur liniya yordamida islomiy moliyalash mexanizmlaridan foydalangan holda kichik va oʻrta biznes subyektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirishga kirishildi.  

Bundan tashqari, Oʻzsanaotqurilishbank Islom taraqqiyoti banki guruhi tarkibiga kiruvchi yana bir tashkilot – Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) bilan tuzilgan 15 mln. AQSH dollariga teng savdoni moliyalashtirish liniyasi yordamida ham qator xususiy sektor korxonalarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. 

Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va ilgʻor moliya instrumentlarini tadbiq etish maqsadida Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash Islom korporatsiyasi (ICIEC) bilan hamkorlik oʻrnatilgan.  

Mazkur korporatsiyaning sugʻurta qoplamasi ostida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ICBC Standard Bank’ning kichik va oʻrta biznes subyektlari loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 50 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasi jalb qilingan.  

Shu bilan birga, ICIEC Toshkent metallurgiya zavodi qurilishining Bank tomonidan moliyalashtirilishini EKSAR (Eksport kreditlari va investitsiyalarni sugʻurtalash Rossiya agentligi) qoplamasi bilan qayta sugʻurtalagan. 

Oʻzsanoatqurilishbank va XSRIK vakillari oʻrtasidagi ochiq muloqot amaliy taklif va tashabbuslarga boy tarzda oʻtdi. Oʻzaro kelishuvlar Oʻzbekistonda yangi islomiy instrumentlar asosidagi bank xizmatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.  

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 05.09.2021 12:31  
up