Все Кредиты
Bugungi axborot texnologiyalarini jadal rivojlantirish sharoitida banklarning dasturiy-texnik ta’minotiga qo‘yiladigan talablar tobora oshib bormoqda.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ushbu davr talablari hisobga olingan holda Mastercard, Visa, UnionPay International va JCB kabi xalqaro to‘lov tizimlari plastik kartalarini muomalaga chiqarish hamda ular asosidagi xizmatlarni sifatli tashkil etish maqsadida muassasa IT-infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi.
Bu borada sherik sifatida naqdsiz hisob-kitoblar sohasida avtomatlashtirilgan tizimni barpo etish bo‘yicha yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri «OpenWay Group» (Belgiya) tanlandi.
«OpenWay Group» kompaniyasi bilan hamkorlik Bankka o‘z bank platformasini takomillashtirish, uning ishonchliligi, xavfsizligi, tezkorligi va unumdorligini oshirish imkonini beradi. Mijozlariga esa bank xizmatlaridan istalgan joyda va istalgan vaqtda foydalanishiga ko‘maklashadi.
«OpenWay Group» kompaniyasining ko‘p yillik tajribasi respublikaning boshqa protsessing markazlari va banklari o‘rtasida banklararo svitchingni tashkil etish imkonini beradi.
WAY4 yechimi ostidagi xizmatlar bazasida bankka va bank protsessing markazida xizmat ko‘rsatilayotgan bank-hamkorlarga kontaktsiz to‘lov, virtual karta, xalqaro kredit karta va to‘lovni uzaytirib to‘lash kartasini chiqarish, 3D Secure asosida elektron tijorat kabi yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish imkonini beruvchi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...
...