Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank koʻmagida ishga tushirilayotgan yirik korxonalar


12.06.2023 21:54

Oʻzsanoatqurilishbank koʻmagida ishga tushirilayotgan yirik korxonalar

Joriy yilning 12-iyun kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Buxoro viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalariga press-tur tashkil etildi. U yerda jurnalistlar Bankning moliyaviy koʻmagida ishga tushirilgan loyihalar hamda ularning iqtisodiy va ekologik ahamiyati bilan tanishtirildi.

Prezidentimiz raisligida shu yilning 10-yanvar kuni sanoatni rivojlantirish hamda qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida sohaning iqtisodiyot va aholi bandligida tutgan oʻrni tahlil qilindi. Sanoat tarmoqlarini yanada rivojlantirish va ularning ayrim turlarini “drayver”ga aylantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida yangi sanoat zonalarini barpo etishda, tashabbuskorlarga istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishda yaqindan koʻmaklashilmoqda, qoʻshimcha resurslar jalb qilinib, faol moliyalashtirish choralari koʻrilmoqda.

Press-tur dasturiga koʻra, ommaviy axborot vositalari vakillari dastlab shu yilning may oyida ish boshlagan “BUKHARA GOLD GRANIT” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurib, tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlash jarayoni bilan tanishdi.

– Viloyatimizda yuzdan ziyod noruda foydali qazilma konlari aniqlagan boʻlib, shu kunga qadar ularning 81 foizi oʻzlashtirilgan, – deydi “BUKHARA GOLD GRANIT” MCHJ direktori Jamshid Jamilov. – Mazkur mahalliy yer osti boyliklaridan unumli foydalanish maqsadida marmar va granit konlarini oʻzlashtirib, zamonaviy pardozbop qoplama toshlar ishlab chiqarishga qaratilgan klaster tashkil etdik. Loyihani tatbiq etishda Oʻzsanoatqurilishbank katta jonbozlik koʻrsatdi. Muassasa tomonidan ajratilgan 1,5 mln. dollar hajmidagi xorijiy kredit liniyasi hisobiga Turkiyadan ilgʻor texnologik majmua keltirib oʻrnatdik.

Eʼtiborlisi, ushbu texnologiyalar toʻliq “yashil” mezonlarga javob beradi. Ularni qoʻllash natijasida bir yilda 21 foiz energiya samaradorlikka erishish va atrof-muhitga 8 tonna miqdorida zararli gaz chiqishining oldini olishga erishiladi.

Zavodga 60dan ziyod ishchi-xodim jalb qilingan. Bugungi kunda ishlab chiqarish jarayonida ularga turkiyalik mutaxassislar hamroh boʻlib, texnologik uskunalardan foydalanish sirlarini oʻrgatmoqda.

– Granit toshlari xom ashyo bazasi Peshku tumanida, u yerda oʻzimiz karyer tashkil qilganmiz, – deydi Jamshid Jamilov. – Bir kunda kondan 55 metr kubgacha mahsulot zavodga keltiriladi. Ishlab chiqarish quvvatimiz yiliga 148 ming kvadrat metr granit mahsulotlarini tashkil etadi.

Klaster boʻyicha 2-bosqichdagi ishlar ham rejalashtirilgan. Loyihaga koʻra, yana shuncha ish oʻrni yaratilib, ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga oshirish koʻzda tutilgan.

Jurnalistlar uchun navbatdagi manzil “Golden food” masʼuliyati cheklangan jamiyati boʻldi.

– Hududdagi yetakchi tadbirkor sifatida “mahallabay” asosida kooperatsiya tizimida ishlashni yoʻlga qoʻydik, – deydi “Golden food” MCHJdirektori oʻrinbosari Erkin Joʻrayev. – Unga koʻra, xoʻjaligimizda inkubator yordamida bir yilda 350 ming bosh broyler joʻja olinib, 150 ta xonadonga tarqatilmoqda, yetilganda esa, yana qaytarib sotib olinmoqda. Maqsadimiz aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirish va bandligini taʼminlashdan iborat.

2020-yildan buyon “Golden food” korxonasi tomonidan parranda yetishtirish majmuasini barpo etish, jihozlash va faoliyatini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan har bir loyihaga Oʻzsanoatqurilishbank moliyaviy madad boʻlib kelmoqda.

Parranda ozuqasini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan umumiy miqdori 750 ming dollarlik loyiha uchun ham bank tomonidan Turkiya texnologiyalarini oʻzlashtirish maqsadida kredit ajratildi.

Bugungi kunda korxona tomonidan ushbu yoʻnalishda 20 ta ish oʻrni yaratildi, yiliga 24 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 12.06.2023 21:56  
up