Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank kredit kartalari bilan 40 kungacha foizsiz kreditdan foydalaning!


06.09.2022 17:46

Oʻzsanoatqurilishbank kredit kartalari bilan 40 kungacha foizsiz kreditdan foydalaning!

Eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan Oʻzsanoatqurilishbank yurtdoshlarimiz uchun ajoyib tuhfa – kredit kartalarini taqdim etdi. Oʻzbekistonda ilk bor foizlarsiz davrga ega ushbu kredit mahsulotini bankka tashrif buyurmasdan rasmiylashtirish mumkin.

Shu kunlarda oʻz farzandlarini maktab va oliygohlarga tayyorlayotgan ota-ona borki topgan-tutganini oʻquv qurollariyu kiyim-kechak xaridiga sarflash bilan band. Ammo roʻzgʻordagi kundalik xarajatlar – yeyish-ichish, dori-darmon, transport, kommunal toʻlovlarni ham kechiktirib boʻlmaydi. Bunday paytda esa Oʻzsanoatqurilishbankning 40 kungacha foizsiz kredit kartasi beminnat koʻmakchiga aylanishi shubhasiz.

Shartlari:

- Kredit miqdori – 50 000 000 soʻmgacha;

- Kredit muddati – 48 oy;

- Foizsiz davri – 40 kungacha!

Afzalliklari:

- Bank ofislari va bankomatlar orqali naqd pul olish;

- kartadan kartaga, bank hisobraqamlariga va elektron hamyonlarga pul oʻtkazmalari;

- chet elda kredit kartasidan foydalanish;

- xorijiy saytlardagi onlayn doʻkonlardan tovar va xizmatlarni xarid qilish.


Quyidagi xizmatlar mutlaqo BEPUL:

- kartani ochish va unga xizmat koʻrsatish;

- SMS-xabarnoma xizmati;

- karta yoʻqolgan yoki oʻgʻirlangan taqdirda uni bloklash;

- mamlakat ichida kredit kartasidan tovarlar, ishlar va xizmatlar haqini toʻlash.

Oʻzsanoatqurilishbank kredit kartasiga atigi 4 qadam tashlash bilan ega boʻlish mumkin:

1- qadam: smartfonga “Joyda” mobil ilovasini yuklash;

2- qadam: “Joyda”ga ish haqi kartasini ulash;

3- qadam: “Joyda” orqali onlayn ariza yuborish;

4-qadam: kredit kartani olib, zarur kredit miqdorini qayd etish.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda kredit kartalar Bankning faqat Toshkent shahridagi bank xizmatlari markazlarida taklif etilmoqda.

 

Oʻzsanoatqurilishbank kredit kartalari bilan imkoniyatingizni kengaytiring!

 


Aloqa markazi: 1180; +998 71 200-43-43

Bank Axborot xizmati

 





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 08.09.2022 14:44  
up