Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank moliyaviy koʻmagida Rishtonda kulolchilik markazi barpo etilmoqda


15.06.2020 10:26

Oʻzsanoatqurilishbank moliyaviy koʻmagida Rishtonda kulolchilik markazi barpo etilmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank moliyaviy koʻmagida Fargʻona viloyatining Rishton tumanida 20 nafar kulol-hunarmand uchun kulolchilik xonadonlari va muzey-galereyalar barpo etish ishlari boshlab yuborildi. Majmua ishga tushsa, hududda qoʻshimcha 130dan ziyod ish oʻrni yaratiladi.



Prezidentimizning 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida yurtimizda yoshlar,

 ayollar hamda aholining kam taʼminlangan qismini milliy hunarmandchilikka keng jalb qilish va shu orqali ularning ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida qator tijorat banklari zimmasiga ustuvor
  
vazifalar yuklatilgan. Xususan, Oʻzsanoatqurilishbank mutasaddi tashkilotlar bilan birga Rishton kulolchilik maktabi tajribasini respublika miqyosida keng targʻib etish, uni “Ustoz-shogird”

anʼanalari yoʻnalishida rivojlantirish, bu borada sohaga doir loyihalarni muvofiqlashtirish va moliyalashtirish boʻyicha masʼul muassasa etib belgilangan.



Ayni paytda Bank tizimida ushbu topshiriqlarni samarali ijro etish yoʻlida faol ishlar amalga oshirilmoqda. Bosh bankda yangi tuzilma – Kulolchilikni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi tashkil etildi,

 mintaqaviy filiallarda masʼul xodimlar tayinlandi, viloyat va tumanlar 

hokimliklari bilan yaqin hamkorlikda “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, dastlabki ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, Fargʻona viloyati Rishton tumanida 20 nafar kulol-hunarmand uchun har biri 462 kv. metr

 oʻlchamli, ikki qavatli (shundan birinchi qavati ustaxona va 

savdo doʻkoni) kulolchilik xonadonlari va muzey-galereyalar qurish hamda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun viloyat hokimligi qarori bilan hududdagi 1,1 gektar yer maydoni Rishton 

tuman hokimligi zaxirasiga oʻtkazildi. Majmua qurilishiga jami 

12 mlrd. soʻmlik investitsiya kiritish hamda uni 4-5 oy davomida bitkazib, foydalanishga topshirish belgilandi.


Shuningdek, Bank tomonidan “Hunarmand” uyushmasi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda respublikamizning yana 30 ta shahar va tumanlariga Rishton kulolchilik maktabi tajibasini olib kirish,

 buning uchun umumiy qiymati 25,1 mlrd. soʻmlik 60 ta loyihani amalga oshirib, pirovardida, 400 ga yaqin ish oʻrnini barpo etish rejalashtirilgan.

  

Hozirda ushbu yoʻnalishda tasdiqlangan tarmoq jadvalga asosan 23 ta loyiha boʻyicha qariyb 960 mln. soʻm hajmida kredit mablagʻi ajratildi, Rishton kulolchilik maktabi tajribasi boʻyicha mahorat 

darslarini oʻtkazish uchun 4 nafar usta-kulol viloyatlarga biriktirildi.


Bank Axborot xizmati






Другие новости

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...

03.12.2024 21:35:51
AQSHda ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Pensilvaniya shtati (AQSH)da ilk bor qurilish materiallari sohasida “Amerika – O‘zb ...


Дата последнего обновления: 15.06.2020 10:39  
up